ANORBANK ikkita xalqaro moliyaviy rivojlantirish institutidan jami $15 mln jalb qilingani haqida xabar berdi. Shveytsariyaning impakt-investori — responsAbility Investments bankka $5 mln, Niderlandiyaning Triple Jump kompaniyasi esa $10 mln ajratdi. Mablag‘lar O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznesni kreditlashni kengaytirishga qaratiladi.
Xalqaro miqyosdagi e’tirof
Dunyodagi eng nufuzli ikkita impakt-moliyalash instituti — responsAbility va Triple Jump bilan hamkorlik ANORBANK’dagi yuksak korporativ boshqaruv standartlari, shaffoflik va kredit intizomining tasdig‘i sanaladi. Ikkala hamkor riovjlanayotgan bozorlardagi moliya institutlarini qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan va investitsiya qarorlarini qabul qilishdan oldin sinchkov baholashni o‘tkazadi. Ularning ANORBANK foydasiga tanlovi — bu shunchaki moliyaviy tranzaksiya emas, balki global investitsion hamjamiyat tomonidan ishonch belgisidir.
Sarmoya — iqtisodiyotga
Jalb etilgan moliyalash bevosita tadbirkorlar uchun hammabop kreditlarga: aylanma mablag‘larni to‘ldirishga; jihozlar xarid qilishga va biznesni kengaytirishga konvertatsiyalanadi. XMI bilan o‘zaro hamkorlik bankka, faqat ichki resurslar bazasi hisobiga qoplab bo‘lmaydigan kreaditlashning raqobatbardosh shartlarini taklif etish imkonini beradi. Shu tariqa, ANORBANK xalqaro kapitalni O‘zbekiston iqtiodiyoti real sektoriga jalb qilishda ko‘prik vazifasini o‘taydi.
Kichik va o‘rta biznes — bandlik va mamlakat YIM’ning asosiy dvigatellaridan biri, biroq aynan ushbu segment an’anaviy ravishda moliyalashda eng katta tanqislikni his qiladi. responsAbility va Triple Jump bilan hamkorlik bankka maqsadli ravishda ushbu tafovutni bartaraf etish imkonini beradi.
Xalqaro integratsiyaga yo‘nalganlik
ANORBANK izchil ravishda yetakchi xalqaro moliyaviy institutlar bilan munosabatlar o‘rnatib keladi va buni strategik ustuvorlik deb biladi. Har bir yangi kelishuv bank imkoniyatini kengaytiradi, uning xalqaro kapital bozoridagi nufuzini mustahkamlaydi va pirovardida, mijozlar — ham biznes, ham jismoniy shaxslar uchun yanada foydali shart-sharoitni yaratadi.
Bank xalqaro moliyalashni faol jalb qilishda va global rivojlantirish institutlari o‘rtasida hamkorlar doirasini kengaytirishda davom etish niyatida.
ANORBANK — O‘zbekistonning birinchi milliy raqamli banki. O‘zbekiston Markaziy banki litsenziyasi №87, 22-avgust 2020-yil.
Telefon: (+998) 55−503−00−00.
E-mail: info@anorbank.uz
Reklama huquqlari asosida.