Har qanday kompaniya infratuzilmani himoya qilishga sarmoya kiritib, qimmatbaho uskunalar sotib oladi va xavfsizlik tizimlarini joriy etadi, biroq asosiy zaif bo‘g‘in hamon inson bo‘lib qolmoqda.
Texnologiyalar yordamida hal qilib bo‘lmaydigan muammo
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’kidlanganidek, 2025-yilda birgina Toshkent shahrining o‘zida 16 mingdan ortiq kiberjinoyatlar qayd etilgan va yetkazilgan zarar qariyb 2 trln so‘mni tashkil etgan. Kiberjinoyatlarning aksariyati ijtimoiy muhandislik va fishing kabi, inson omili asosiy rol o‘ynaydigan hujum usullari orqali sodir etilmoqda. Amalda kiberhodisalar ko‘pincha texnik kamchiliklardan emas, balki xodimlarning ehtiyotsiz harakatlari, misol uchun, fishing havolalariga kirish yoki ishonchli ko‘ringan so‘rovlarga ma’lumot yuborishi sababli sodir bo‘lmoqda.
HUSH zamonaviy kiberxavflarni inobatga olgan holda xodimlarda raqamli muhitda xavfsiz ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan kiberxavfsizlik kurslarini taklif etadi.

HUSH qanday ishlaydi?
Hech qanday soatlab davom etadigan treninglar va zerikarli taqdimotlar yo‘q. HUSH 5−10 daqiqalik mikro-modullar — haqiqiy ish hayotidan olingan qisqa interaktiv ssenariylar asosida qurilgan.
Xodim fishing haqida ma’ruza tinglamaydi. Aksincha, u soxta xatni qabul qilib, uni aniqlashni o‘rganadi. Ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnomani o‘qimaydi, balki aniq vaziyatni tahlil qilib, mustaqil qaror qabul qiladi.
Har bir modul bitta aniq ko‘nikmaga yo‘naltirilgan: fishing xatini haqiqiy xatdan ajratish, havolani bosishdan oldin tekshirish, korporativ hujjatlarni ma’lumotlar sizib chiqishi xavfisiz yuborish hamda hamkasb, mijoz yoki notanish shaxsdan kelgan shubhali so‘rovlarga to‘g‘ri munosabat bildirish.
Bu biznes uchun nega muhim?
HUSH oddiy treningdan ko‘ra kengroq natija beradi. Xodimlar kiberxavflarga boshqacha munosabat bildirishni boshlaydi, kompaniya esa o‘zining zaif nuqtalarini yaxshiroq anglab, hodisalar soni asta-sekin kamayadi.

Tizimlarni himoya qilishdan insonlarni himoya qilishgacha
ONESEC o‘z faoliyati davomida infratuzilma himoyasi bilan shug‘ullanib keladi va amaliyotda kiberhodisalar qanday yuz berishini bevosita kuzatadi. Aynan shu tajriba xodimlarning ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali xavflarni kamaytirishga yordam beruvchi HUSH platformasini yaratishga olib keldi.
Agar tizim himoyalangan bo‘lsa-yu, inson himoyalanmagan bo‘lsa, hujum qiluvchi shunchaki inson omilini tanlaydi.
Telefonlar: (+998) 50−151−50−14, (+998) 50−151−50−13.
Manzil: Chilonzor tumani, Seul ko‘chasi, 4.
E-mail: info@onesec.uz
Sayt: hush.uz
Facebook: fb.com/onesec.uzb
Instagram: @onesec.uz
Telegram: t.me/onesec
Reklama huquqlari asosida.