TON kriptovalyutasi o‘z nomini o‘zgartirmoqda. Bu haqda Telegram asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Gram — loyihaning ilk hujjatlarida TON kriptovalyutasining asl nomi bo‘lgan.
“Biz o‘z ildizlarimizga qaytmoqdamiz va yangi bobni boshlayapmiz”, — dedi Durov. O‘tish “taxminan uch hafta” davom etadi. TON blokcheyn nomi bo‘lib qoladi.
Post e’lon qilinishidan oldin Telegram akkaunti TON Vote platformasida Toncoin nomini Gramga o‘zgartirish bo‘yicha ovoz berishni boshladi, deb yozgandi RBK Kripto.
Tavsifga ko‘ra, o‘zgarishlar faqat token nomi va tikeriga ta’sir qiladi. Nashrning ta’kidlashicha, postga bir necha daqiqa qolganda ovoz berish olib tashlangan.
Binance ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi 24 soat ichida Toncoin (tiker — TON) narxi qariyb 19% ga oshib, taxminan $2,2 ni tashkil etmoqda.
Toncoin nima?
Toncoin — bu TON (The Open Network) blokcheyn platformasida yaratilgan kriptovalyuta. Dastlab, TON loyihasi Telegram messenjeri jamoasi, xususan, platforma asoschisi Nikolay Durov tomonidan ma’lumotlar almashish va to‘lovlar uchun tezkor va xavfsiz tarmoq yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Telegram bilan integratsiyalashuv natijasida Toncoin’dan mazkur messenjerning milliardlab foydalanuvchilari pul o‘tkazmalari va xizmatlarga to‘lovlar uchun foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, TON platformasida qurilgan ilovalar, xizmatlar va o‘yinlar doirasida to‘lash uchun ham qabul qilinishi mumkin.
Toncoin’ni “Telegram Stars” bilan adashtirib yubormaslik kerak. “Yulduzlar” Telegram’da to‘lovlarni osonlashtirish uchun mo‘ljallangan va Istiqbolli loyihalar milliy agentligining izohlashicha, uning kripto-aktivlarga aloqasi yo‘q.
Toncoin TON blokcheyn ekotizimida kengroq maqsadlarga xizmat qiladi. Ishlab chiquvchilar maxsus platforma orqali ishlab topilgan “Stars"ni “Toncoin"ga chiqarishlari mumkin.
Shuningdek, Toncoin Telegram kanallari mualliflariga to‘lanishi mumkin. 1000 kishilik obunachiga ega ommaviy kanallar egalari o‘z kanallarida ko‘rsatilgan reklamalardan daromadning 50%i bilan mukofotlanadi.
Avvalroq Pavel Durov Telegramda qancha vaqtini o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.
Bir haftalik kuzatuv davomida Telegram asoschisi ilovada jami 1 kun, 1 soat va 43 daqiqa vaqt o‘tkazgan.