Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi yoqilg‘i quyish shoxobchalari va boshqa obyektlarni soddalashtirilgan tartibda qurish rejasini tasdiqladi. Tegishli qaror E-qaror portalida e‘lon qilindi.

Obyektlar prezidentning Toshkent shahrida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash sohasida huquqiy tajriba o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi. Ushbu qaror bilan Tashkent Invest kompaniyasi ishtirokida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi tasdiqlangan edi.

Reja doirasida Chilonzor tumanida ikkita avtoturargoh quriladi — biri Beshqo‘rg‘on mahallasida, Katta halqa avtomobil yo‘li (KHAY) va Bunyodkor shohko‘chasi chorrahasida, ikkinchisi esa Katta Do‘mbirobod mahallasidagi Gavhar ko‘chasida.

Shuningdek, qarorda 40 ta zamonaviy yoqilg‘i quyish shoxobchasini qurish uchun yer uchastkalari ajratilishi ko‘zda tutilgan. Ularning manzillari quyidagi jadvalda keltirilgan:

TumanManzil
Olmazor
  • Ahil mahallasi, KHAY
  • Jiydali mahallasi, KHAY
  • Nihol mahallasi, KHAY
  • Chamanbog‘ mahallasi, KHAY
  • Chiltug‘on mahallasi, Ahmad Donish ko‘chasi
  • Shifokorlar mahallasi, KHAY
  • Yuqori Beshqo‘rg‘on mahallasi, Koshona ko‘chasi
Bektemir
  • Zabardast mahallasi, Navro‘z ko‘chasi
  • Zabardast mahallasi, Yangihayot ko‘chasi
  • Zabardast mahallasi, Furqat ko‘chasi
  • Abay mahallasi, Husayn Boyqaro ko‘chasi
  • Majnuntol mahallasi, Ohangaron shossesi
  • Majnuntol mahallasi, KHAY
  • Mirishkor mahallasi, Ohangaron shossesi
  • Rohat mahallasi, Ohangaron shossesi
  • Nurafshon mahallasi, KHAY
  • Nurli yo‘l mahallasi, KHAY
Mirzo Ulug‘bek
Oydin mahallasi, KHAY
SergeliKo‘hna Qumariq mahallasi, Xonobodtepa shossesi
Uchtepa
  • Diyorobod mahallasi, KHAY
  • Foziltepa mahallasi, KHAY
  • Katta Cho‘ponota mahallasi, KHAY — Izza chorrahasi
  • Davlatobod mahallasi, Farhod ko‘chasi
Chilonzor
  • Yakkabog‘ mahallasi, Gavhar ko‘chasi
  • Katta Qozirobod mahallasi, Chilonzor ko‘chasi
  • Do‘mbirobod mahallasi, Gavhar ko‘chasi
Yunusobod
  • Sharq haqiqati mahallasi, KHAY — Hasanboy 5-tor ko‘chasi chorrahasi
  • G‘ayratiy mahallasi, Ahmad Donish — G‘ayratiy ko‘chalari oralig‘i
  • Uch qahramon mahallasi, KHAY — Yuqori Qoraqamish chorrahasi
  • Bog‘ibo‘ston mahallasi, Bog‘ishamol 1-tor ko‘chasi
Yangihayot
  • Chortoq mahallasi, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi
  • Yangi Darxon mahallasi, Mirzo Tursunzoda ko‘chasi
  • Xushnud mahallasi, Qipchoq ko‘chasi
Yashnobod
  • Jo‘rabek mahallasi, Farg‘ona yo‘li
  • Ahmad Yassaviy mahallasi, Alimkent ko‘chasi
  • Ahmad Yassaviy mahallasi, Alimkent va Muxtor Ashrafiy ko‘chalari chorrahasi
  • Boyqo‘rg‘on mahallasi, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi
  • Ma‘rifat mahallasi, Elbek ko‘chasi
  • O‘rtamasjid mahallasi, Xonobodtepa — Quruvchilar chorrahasi
  • Yangidavr mahallasi, Mo‘ynoq ko‘chasi

Bundan tashqari, Olmazor tumanining Jiydali mahallasida (Tibbiyot shaharchasi yaqinida) fudkort, qurilish maydonchalari va “boshqa faoliyat turlari"ni o‘z ichiga olgan majmua qurilishi rejalashtirilgan. Barcha loyihalarni amalga oshirish muddati 10 yilni tashkil etadi.

Spot, avvalroq, 1-sentabrdan avtobuslarda yo‘lkira faqat unga chiqishda to‘lanishi haqida yozgandi.