Sun’iy intellekt biznesda asta-sekin sinov bosqichidan chiqib, kundalik ish jarayonlarining bir qismiga aylanmoqda. Mazkur jarayon Click uchun shunchaki trendni takrorlash emas, balki qaror qabul qilish tezligi, yechimlar sifati va xizmatlar qulayligi, jamoa axborot bilan qanchalik tez ishlay olishiga bevosita bog‘liq bo‘lgan texnologik kompaniya sifatida rivojlanish uchun muhim bosqichdir.
O‘zbekistonning fintex bozorida yetakchi sifatida Click sun’iy intellektni joriy etishni nafaqat ichki optimallashtirish vositasi, balki butun raqamli ekotizimni yanada rivojlantirishning bir qismi sifatida ko‘rib chiqadi. Kompaniya uchun nafaqat yangi texnologiyalardan foydalanish, balki ulardan real biznes jarayonlarida foydalanish uchun amaliy qo‘llanmalarni ishlab chiqish ham muhimdir.
Bugun Click ichki SI infratuzilmasini tizimli rivojlantirmoqda va sun’iy intellekt vositalarini turli bo‘limlarning ish jarayonlariga joriy etmoqda. Kompaniyada bu yondashuvni SIlashtirish deb atash mumkin: ya’ni sun’iy intellekt bilan bog‘liq alohida tajribalardan xodimlarga ma’lumotlarni tezroq qayta ishlash, takrorlanuvchi vazifalarni avtomatlashtirish va ichki jarayonlarni samaraliroq yo‘lga qo‘yishga yordam beradigan amaliy yechimlarga o‘tish.
Bu jarayonning asosiy tamoyili — inson mehnatidan voz kechish emas, balki uning imkoniyatlarini kengaytirish va kuchaytirish. Click’da SI jamoalar uchun ishchi vosita sifatida ko‘riladi: u materiallar tayyorlashni tezlashtirish, katta hajmdagi axborotni tahlil qilish, qonuniyatlarni aniqlash, xodimlarni kundalik vazifalarda qo‘llab-quvvatlash va ayrim jarayonlarni intellektual yordamchilarga topshirish mumkin bo‘lgan hollarda yuklamani kamaytirishga yordam beradi.
“Biz uchun sun’iy intellekt — inson o‘rnini bosadigan texnologiya emas, balki operatsion samaradorlikning yangi bosqichidir. Men SIni kontekstni tez o‘zlashtiradigan, katta hajmdagi tayyorgarlik ishini o‘z zimmasiga oladigan va jamoaga ma’lumotlardan qarorlarga tezroq o‘tishga yordam beradigan kuchli xodim bilan qiyoslagan bo‘lardim. Ammo bunday texnologiyaning haqiqiy qiymati aynan inson ekspertizasi bilan birga ishlaganda ochiladi: SI jarayonni tezlashtiradi, inson esa yo‘nalishni belgilaydi, natijani baholaydi va yakuniy qarorlarni qabul qiladi”, — deydi Click CYeO’si Ulug‘bek Rustamov.
Ushbu infratuzilmaning muhim qismlaridan biri — “kubiklar”, ya’ni SI agentlar joylashgan va faoliyat yuritadigan virtual mashinalardir. Har bir bo‘lim bunday agentni o‘z vazifalariga moslashtirishi mumkin: mijozlarga xizmat ko‘rsatish va operatsion jarayonlardan tortib yuridik bo‘lim, tahlil, mahsulot jamoalari hamda boshqa yo‘nalishlargacha. Bunday yondashuv sun’iy intellektni yuqoridan yagona universal vosita sifatida joriy etmasdan, uni aniq bo‘limlarning real vazifalariga yaqinroq rivojlantirish imkonini beradi.
Natijada SI “kelajak uchun” alohida texnologiya emas, balki hozirgi ish muhitining bir qismiga aylanmoqda. Click turli bo‘limlarining xodimlari sun’iy intellektdan ish jarayonlarini tezlashtirish, axborotni tartibga solish yoki takrorlanuvchi vazifalarning bir qismini kamaytirish zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda allaqachon yordamchi sifatida foydalanmoqda. Shu bilan birga, qarorlar inson nazorati ostida: SI asos tayyorlashga, variantlar taklif qilishga, ma’lumotlar massivini qayta ishlashga yoki kundalik operatsiyalarni tezlashtirishga yordam beradi, ammo yakuniy mas’uliyat mutaxassislar zimmasidadir.
Bunday yondashuv fintex-kompaniya uchun ayniqsa muhim. Click texnologiyalar nafaqat qulay, balki ishonchli bo‘lishi lozim bo‘lgan sohada ishlaydi. Shu sababli kompaniya ichida SI vositalarni rivojlantirish nazorat, mas’uliyatli qo‘llash va jarayonda inson o‘rni aniq tushunilgan holda olib borilmoqda. Sun’iy intellekt natijasi baholanmasdan muhim qarorlar topshiriladigan “qora quti"ga aylanmasligi kerak. Click uchun SIni joriy etish jarayonlarni kuchaytirishi, ammo raqamli servislarga bo‘lgan ishonch darajasini pasaytirmasligi prinsipial ahamiyatga ega.
SI yo‘nalishida Click Super App’dagi virtual yordamchi Cleo ham alohida o‘rin tutadi. U ham sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan va Click’ning raqamli vositalarni rivojlantirishga bo‘lgan umumiy yondashuvini aks ettiradi: SI tushunarli, foydali va real foydalanuvchi yoki ish ssenariylariga integratsiya qilingan bo‘lishi kerak. Kompaniya uchun bu bir martalik funksiya emas, balki sun’iy intellekt bosqichma-bosqich infratuzilmaning muhim qatlamiga aylanayotgan kengroq transformatsiyaning bir qismidir.
Click’da SIlashtirish barcha bo‘limlarni — call-markazdan tortib moliya bo‘lmigacha qamrab oladi. Bu kompaniyaga shunchaki alohida SI servislar to‘plamini emas, balki sun’iy intellekt bilan ishlash madaniyatini shakllantirish imkonini beradi. Jamoalar SI vositalariga vazifa qo‘yishni, natijalarni tekshirishni, agentlarni o‘z jarayonlariga moslashtirishni va texnologiyadan kundalik ishning bir qismi sifatida foydalanishni o‘rganmoqda.
Bunday yondashuvning asosiy maqsadi — inson ekspertizasini yo‘qotmagan holda kompaniyani tezroq, moslashuvchanroq va samaraliroq qilish. Sun’iy intellekt takrorlanuvchi va ko‘p vaqt talab qiladigan vazifalarning bir qismini o‘z zimmasiga oladi, xodimlar esa tahlil, qaror qabul qilish, kreativlik va noodatiy vaziyatlar bilan ishlash uchun ko‘proq vaqtga ega bo‘ladi.
Click uchun sun’iy intellekt endi sinov bosqichidagi texnologiya emas, balki jamoalarga tezroq qaror qabul qilish va servislarni yaxshilashga yordam beradigan ishchi infratuzilmadir. Kompaniya SIni qiziqish va testlar darajasidan amaliy maydonga olib chiqmoqda: ya’ni texnologiya har kuni odamlarga yaxshiroq ishlashga, foydalanuvchilarga esa qulayroq va sifatliroq raqamli tajriba olishga yordam beradigan muhitga aylanmoqda.
Reklama huquqlari asosida.