Kadastr agentligida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

11-iyun kuni Kadastr agentligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Uni Urbanizatsiya va uy-joy bozori qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev olib bordi.

Yig‘ilishda Kadastr tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, bugungi vaziyat va oldinda turgan asosiy vazifalar tahlil qilinib, tashkiliy masala ko‘rildi.

Prezidentning tegishli qarori bilan Turdiyev Sadriddin Abdullayevich Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Shu paytga qadar u prokuratura organlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan quyidagi tayinlovlar amalga oshirildi:

  • Fayzullayev Murat Muxtarovich — Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari;
  • Xafizov Alisher Abduazizovich — direktor o‘rinbosari;
  • Mirmaksudov Mirsaid Sadikovich — direktor o‘rinbosari;
  • Abdullayev To‘lqin Mansurovich — direktor o‘rinbosari bo‘ldi.

Bundan tashqari, Abdushukur Hamidovich Abdullayev Kadastr agentligi direktori maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari — Geoinnovatsiya markazi DUK direktori sifatida ishlagan.

Yig‘ilish yakunida kadastr organlari mutasaddilari oldida turgan asosiy vazifalar belgilab berildi.

Avvalroq Spot AQSHda tadbirkorlik bilan shug‘ullangan Jahongir Mamajonov Toshkent viloyati hokimiga o‘rinbosari bo‘lgani haqida yozgan edi.