YouTube taklif orqali shaxsiy xabarlar uchun chatni asta-sekin qaytarmoqda.

2019-yilda YouTube shaxsiy xabarlar bo‘limini yopgan edi, biroq endi kompaniya uni qaytarishga qaror qildi.

Xabar almashish uchun mo‘ljallangan yangilangan ilova cheklangan doirada 2025-yilning kuzida sinovdan o‘tkazila boshlandi.

Endi esa shaxsiy xabarlardan foydalanish imkoniyati yanada ko‘proq foydalanuvchilar uchun ochilmoqda.

“Bu yangi musiqiy klipmi, foydali o‘quv qo‘llanmasimi yoki qiziqarli Short’s videosimi, qat’i nazar, ushbu yangilanish foydalanuvchilarga kontentni aynan tomosha qilayotgan joyida ulashishning yangi usulini taqdim etadi”, — deyiladi YouTube blogida.

Yangilanishdan foydalanish imkoniyati berilgan foydalanuvchilar yuqori o‘ng burchakdagi tegishli belgini bosib, xabarlar bo‘limini ochishlari mumkin.

Chatlar taklifnoma asosida ishlaydi: boshqa foydalanuvchi bilan muloqotni boshlash uchun unga taklif havolasini yuborish kerak.

Qayd etilishicha, taklifnomani qabul qilgan foydalanuvchi suhbatdan voz kechishi mumkin.


Avvalroq Spot YouTube tizim aniqlagan SI videolarini majburiy ravishda belgilashni boshlashi haqida yozgandi.

Tizim avtomatik ravishda raqamli suv belgilarini qo‘shadi. Mustaqil ravishda belgilash funksiyasi ham saqlab qolinadi.