Soliq mobil ilovasida daraxt va ko‘chatlar ekish jamg‘armasiga keshbek yuborish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xaridlar va xizmatlar uchun fiskal cheklarning QR-kodlarini skanerlash orqali keshbek oladigan fuqarolar ushbu mablag‘larni o‘z xohishiga ko‘ra daraxt ekishga yo‘naltirishi mumkin.

Aniqlik kiritilishicha, mazkur imkoniyat prezidentning 2025-yil 18-noyabrdagi qarori (PQ-343) ijrosini ta’minlash maqsadida joriy etilgan.

Hujjat fuqarolarga byudjetdan qaytariladigan mablag‘larning bir qismini, shu jumladan keshbek va ichki turizm uchun kompensatsiyalarni Soliq ilovasi orqali ekologik maqsadlarga yo‘naltirish imkonini beruvchi ixtiyoriy mexanizmni yaratishni nazarda tutadi.

Soliq qo‘mitasi va Ekologiya qo‘mitasining hamkorlik loyihasi iyun oyidan boshlab ilovaning yangilangan versiyasida joriy etildi.

Pul o‘tkazish uchun keshbek o‘tkazish bo‘limida Daraxt va ko‘chatlar ekish jamg‘armasini tanlash kerak.

Tegishli hisob ilovaga biriktirilgan bank kartasi ro‘yxatida aks etadi, deya ishonch hosil qildi Spot jurnalisti.

Soliq qo‘mitasi mablag‘larni o‘tkazish ixtiyoriy ekanligini ta’kidladi.


Avvalroq Soliq qo‘mitasi o‘zbekistonliklarga keshbek to‘lovlari kechikishi sabablarini tushuntirgandi.

Asosiy sabablar qatoriga yuridik shaxs tomonidan soliq hisobotlarining o‘z vaqtida topshirilmaganligi va soliq qarzining mavjudligi kiradi.