Universitet abituriyentlar uchun 38 ta bakalavriat yo‘nalishi, 22 ta magistratura mutaxassisligi, doktorantura dasturlari, shuningdek kunduzgi, kechki, masofaviy va ikkinchi mutaxassislik asosida ta’lim olish imkoniyatlari mavjud. Ta’lim o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Joriy yildagi muhim yangiliklardan biri — grant o‘rinlarining joriy etilgani bo‘ldi. Kirish imtihonlarida eng yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlar orasidan har bir bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 10 nafardan talabaga grant asosida ta’lim olish imkoniyati yaratilgan.


Universitetda tibbiyot, muhandislik, biznes va moliya, ta’lim, san’at va dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Talabalar ta’lim jarayonidayoq korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tash hamda kasbiy tajriba orttirish imkoniyatiga ega.

2026-yildan boshlab ayrim muhandislik yo‘nalishlarida ta’lim muddati 3 yilga qisqartirildi. Bu esa talabalarga tezroq diplom olib, mehnat bozoriga kirish imkonini beradi.

Universitetda xorijiy talabalar tahsil oladi, mashg‘ulotlar esa mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. KIUT Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Malayziya, AQSh, Yaponiya, Belgiya, Finlyandiya, Polsha, Bolgariya, Latviya, Qozog‘iston va boshqa davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.

Talabalar 2+2, 3+1, akademik almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlari orqali xorijdagi hamkor universitetlarda o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega.
Hujjatlarni admission.kiut.uz platformasi orqali onlayn yoki universitet qabul komissiyasiga tashrif buyurib oflayn topshirish mumkin.

Kerakli hujjatlar:
- pasport yoki ID karta (rangli nusxa);
- litsey/kollej diplomi yoki maktab attestati (rangli nusxa);
- attestat hali olinmagan bo‘lsa, 11-sinfni tamomlaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- 3,5×4,5 sm hajmdagi foto (oxirgi 3 oy ichida tushirilgan);
- mavjud bo‘lsa xalqaro til sertifikatlari: IELTS 5.5, CEFR B1, Duolingo 85, TOEFL 58, TOPIK 3, TOMER va undan yuqori.
Qabul davom etmoqda.
Telefon: (+998) 78−129−40−40.
Manzil: Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasi 156-uy.
Sayt: kiut.uz
Reklama huquqlari asosida

