22 va 23-iyun kunlari Click maxsus aksiyani ishga tushiradi: Smart, Comfort yoki Pro obunasini 2 so‘mga ulash mumkin.
23-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionati doirasidagi ikkinchi uchrashuvini Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi. Millionlab muxlislar tarkibni muhokama qiladi, hisobni taxmin qiladi va jamoa g‘alabasiga ishonadi.
Yana do‘stlariga pul ham o‘tkazadi. O‘yin oldidan osh uchun. Tomosha paytidagi ichimliklar uchun. Umumiy dasturxon uchun.
Bu kunlarda komissiyalar haqida emas, futbol haqida o‘ylashingiz uchun Click obunani deyarli bepul qildi.
Smart, Comfort yoki Pro tariflaridan birini 2 so‘mga ulagan foydalanuvchilar 30 kun davomida tanlangan tarifning barcha afzalliklaridan, jumladan, belgilangan limitlar doirasida komissiyasiz pul o‘tkazmalaridan foydalanishlari mumkin.
Terma jamoa allaqachon tarix yaratmoqda. Click esa bu voqeaga ozgina foyda qo‘shishga qaror qildi.
Aksiya faqat 22 va 23-iyun kunlari Click ilovasida amal qiladi.
Komissiyasiz pul o‘tkazmalari tanlangan tarif limitlari doirasida taqdim etiladi. Click obunasi shartlari amal qiladi.
Obunani havola orqali ulash mumkin.
Instagram: @clickuz
Telegram: t.me/click_uz
LinkedIn: linkedin.com/click-uzbekistan
Reklama huquqlari asosida.