Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi. Bu haqda Bloomberg milliarderlar indeksiga natijalariga tayanib xabar berdi.

Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbarining boyligi $1 trlndan pasayib (- $118 mlrd), ayni paytda $957 mlrdni tashkil qilmoqda.

Biroq, Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra esa, tadbirkorning boyligi hamon $1,1 trlnga teng.

Mask 12-iyun kuni tarixdagi ilk trillionerga aylangan edi. Bunga SpaceX aksiyalarining birinchi ommaviy joylashtiruvi sabab bo‘lgan.

O‘tgan hafta oxirida sun’iy intellekt sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun investitsion darajadagi obligatsiyalarning ilk joylashtiruvi e’lon qilingach, SpaceX aksiyalari pasaya boshladi. Shuningdek, Tesla aksiyalari ham arzonlashdi.

23-iyun, seshanba kuni asosiy savdo sessiyasi boshida SpaceX aksiyalari 3,9% ga arzonlashib, $148,57 gacha pasaydi. Kompaniyaning kapitallashuvi esa %1,99 trlngacha tushdi.

Shu tariqa, rekord darajadagi IPOdan so‘ng ilk bor SpaceX kapitallashuvi $2 trlndan pastladi va kompaniya dunyoning eng yirik ommaviy kompaniyalari reytingida yettinchi o‘rinni egalladi. Keyinchalik esa SpaceX aksiyalari 10% ga arzonlashgan.


Avvalroq Spot Ilon Mask OpenAI va Sem Altmanga qarshi sudda yutqazgani haqida yozgandi.

Sud hakamlar hay’ati Mask kompaniya va uning top-menejerlariga qarshi da’vo arizasini juda kech topshirgan degan qarorga keldi.