O‘zbekistonda zamonaviy yuk mashinalari va maxsus texnikalarga bo‘lgan talab ortib borayotgan bir paytda, VUM FAW va BEZON sifat, ishonchlilik hamda innovatsion yechimlarni birlashtirgan kompaniyalar sifatida e’tibor qozonmoqda. Mahalliy ishlab chiqarish, xalqaro standartlar va professional servis uyg‘unligi ularni biznes uchun ishonchli hamkorga aylantirmoqda.

VUM FAW va BEZON — O‘zbekistonda tijorat va maxsus texnikalar bozorida faol rivojlanayotgan kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniyalar zamonaviy texnologiyalar, ishonchli texnika va mijozlarga qulay yechimlar taklif etish orqali mahalliy bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda.

VUM (Van Universal Motors) — O‘zbekistonda FAW brendi tijorat texnikalarining rasmiy ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, Andijon shahrida joylashgan zamonaviy zavodga ega. Kompaniya 2018-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2022-yilda China FAW Group bilan rasmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

bezon, reklama, vum

Bugungi kunda VUM zavodida FAW Tiger seriyasidagi yuk mashinalari va turli maxsus texnikalar ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarida xalqaro standartlar asosidagi texnologiyalardan foydalanilib, texnikalar O‘zbekiston yo‘l va iqlim sharoitlariga moslashtirilgan holda tayyorlanadi.

BEZON esa FAW brendining rasmiy dileri sifatida faoliyat yuritib, mijozlarga maxsus texnika, yuk mashinalari, servis xizmati va original ehtiyot qismlarni taqdim etadi. Kompaniya biznes uchun ishonchli va samarali transport yechimlarini taklif qilishga alohida e’tibor qaratadi.

Bugungi kunda VUM va BEZON hamkorligi mahalliy sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlarni zamonaviy texnika bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kompaniyalar sifat, ishonch va uzoq muddatli hamkorlik tamoyillari asosida faoliyat yuritib, O‘zbekiston transport sohasining rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Telefonlar: (+998) 99−005−01−10, (+998) 99−190−02−22, (+998) 77−190−22−22.

Reklama huquqlari asosida.