2026-yilning bahoridan O‘zbekistonda naqd pulsiz iqtisodiyot rejadan biznesning kundalik muhitiga aylandi. 1-apreldan boshlab bir qator hisob-kitob sohalaridan naqd pul muomaladan chiqarildi: bular davlat va kommunal xizmatlar, AYoQShlarda yoqilg‘i quyish, alkogol va tamaki uchun to‘lovlar hamda qiymati 25 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan har qanday xaridlardir. 1-iyuldan esa savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha yuridik shaxslar uchun to‘lovlarni yagona QR-kod orqali qabul qilish talabi qo‘shildi.
Biznes uchun bu kundalik pul aylanmasi to‘liq naqd pulsiz infratuzilmaga o‘tishi va endilikda pul muomalasidagi har qanday muammo darhol ko‘zga tashlanishini anglatadi. Kassadagi uzilishlar, muallaq qolgan va kechikkan to‘lovlar uchun jarimalar, ta’minotchilarning chegirmalarini yo‘qotish hamda shaxsiy va korporativ pullar o‘rtasidagi chalkashliklar biznesning o‘sishiga bevosita to‘siq bo‘ladi.
Bugungi kunda naqd pulsiz infratuzilmaga quyidagilar kiradi:
- kompaniyalar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari;
- yetkazib beruvchilarga haq to‘lash;
- ish haqi loyihalari;
- soliq to‘lovlari;
- korporativ kartalar;
- ekvayring;
- onlayn to‘lovlar;
- xalqaro pul o‘tkazmalari.
Aslida, bu kompaniyaning asosiy negizidir. Mablag‘lar harakati barqaror va boshqariladigan bo‘lsa, biznes rivojlanadi, har qanday nosozlik esa darhol barcha jarayonlarning holatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Biznes uchun o‘zgarishlar qanday foyda keltiradi?
Majburiyatlardan tashqari, o‘zgarishlarning biznes uchun aniq foydalari ham bor.
Raqobat uchun teng shart-sharoitlar. Naqd pul aylanmasining qisqarishi shaffof faoliyat yurituvchi kompaniyalar va tushumning bir qismini “kassadan tashqari” naqd pulda yashirgan kompaniyalar o‘rtasidagi tafovutni kamaytiradi. Yashirin iqtisodiyot afzalliklarining kamayishi bozorning barcha ishtirokchilari uchun yagona qoidalarni shakllantiradi.
Rivojlanishga e’tibor qaratish imkoniyati. Hisob-kitoblar raqamli formatga o‘tishi va raqobat yagona qoidalar asosida tartibga solinishi bilan kompaniyaning boshqaruv diqqati strategik vazifalar, ya’ni, bozorni kengaytirish, ichki jarayonlarni raqamlashtirish, uzoq muddatli rejalashtirish uchun bo‘shaydi.
To‘lovlarni qabul qilish osonlashadi. Yagona QR-kod biznesni POS-terminal o‘rnatish zaruratidan xalos qiladi: to‘lovni qabul qilish uchun bank tomonidan yaratilgan kodning o‘zi yetarli. Bu mikro va kichik biznes uchun to‘lov infratuzilmasiga qilinadigan dastlabki sarmoyalarni yo‘qqa chiqaradi. Kapitalbank mijozlari bunday QR-kodni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Uzum Business Kapitalbank mobil ilovasida, filialga tashrif buyurmasdan rasmiylashtirishlari mumkin.
Foyda haqiqatga aylanishi uchun kompaniya o‘zichida pul bilan ishlash tizimini qurish kerak. Kichik va o‘rta biznes moliyaviy muammolarining aksariyati pul yetishmasligi bilan emas, balki bunday tizimning yo‘qligi bilan bog‘liq. “Yirik kapital 2.0"ning navbatdagi soni uni yig‘ishga to‘sqinlik qiladigan beshta odatiy xato haqida hikoya qiladi.
Pul oqimlarini ajratish nima uchun muhim?
Operatsion xarajatlar, soliqlar, ish haqi fondi va rezerv kapitali yagona oqimda aralashib ketadi. Mulk egasi ekranda katta qoldiqni ko‘radi va uch kundan keyin soliqlarni o‘tkazish, bir haftadan keyin esa ish haqi loyihasini yopish kerakligini bilmagan holda yangi xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Pul oqimlarini ajratish odatda muayyan maqsadlar uchun bir nechta hisob raqamlar yoki qo‘shimcha hisoblar orqali amalga oshiriladi:
- operatsion — yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan joriy hisob-kitoblar uchun;
- soliq — kelgusi hisobot davrlari uchun summalarni jamg‘arish uchun;
- ish haqi — mehnatga haq to‘lash fondiga;
- zaxira — kutilmagan xarajatlar uchun.
Zamonaviy internet-banklarda filialga tashrif buyurmasdan, masofadan turib qo‘shimcha hisob raqamlar ochish mumkin. Bunday paytlarda mablag‘larning ortiqcha bo‘lib ko‘rinish illyuziyasi yo‘qoladi, xaridlar va to‘lovlarni rejalashtirish esa shaffof bo‘ladi.
Biznesga to‘lov taqvimi nima uchun kerak?
Ko‘pchilik kompaniyalarda majburiy to‘lovlar haqida oxirgi daqiqada eslashadi: goh chorak soliq “chegaradan” o‘tadi, goh yetkazib beruvchi yaqin orada kechikish haqida ogohlantiradi. Natijada jarimalar, kontragentlar bilan buzilgan munosabatlar va surunkali moliyaviy noaniqliklar bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi.
To‘lov taqvimi jadvaldan iborat bo‘lib, unga oyning barcha majburiy xarajatlari aniq sanalar bilan oldindan yozib qo‘yiladi. Har bir qator uchun to‘lov qaysi hisobdan amalga oshirilishini ko‘rsatish foydalidir. Buning asosiy usuli to‘lovlarni qo‘lda amalga oshirish bo‘lsa, yanada samarali yechim internet-bankdagi to‘lov shablonlari va kechiktirilgan to‘lov funksiyasidan foydalanishdir. To‘lov shablonlari takrorlanadigan rekvizitlarni kiritishni tezlashtirsa, kechiktirilgan to‘lov funksiyasi navbatdagi majburiy to‘lovni unutish xavfini kamaytiradi.
Bankda rollar va limitlarni nima uchun sozlash kerak?
Har bir to‘lov va har bir mayda operatsiya rahbarning shaxsiy imzosi orqali o‘tkazilganda, kompaniya bir kishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Direktor xizmat safariga ketsa yoki kasal bo‘lib qolsa, hisob-kitoblar to‘xtaydi.
Zamonaviy internet-bank xodimlar o‘rtasida vakolatlarni taqsimlash imkonini beradi. Buxgalterga ma’lum bir summagacha to‘lovlarni amalga oshirish huquqini berish mumkin, undan ortiq hamma narsa esa rahbarning imzosiga o‘tadi. Korporativ kartalar ham xuddi shu tamoyil asosida tartibga solinadi. Ularning har biriga xarajatlar uchun cheklovlar belgilanadi. Shunday qilib, direktor yirik operatsiyalar ustidan nazoratni yo‘qotmasdan, kundalik to‘lov tartibidan xalos bo‘ladi.
Nima uchun hisobdagi qoldiq foyda emas?
Mulkdor ekranga qarab, hisobdagi qoldiqni o‘z daromadi, deb hisoblaydi. Aslida, bu summada bir vaqtning o‘zida mijozlarning bo‘naklari, kelgusi xaridlar uchun mablag‘lar, to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va yetkazib beruvchilarning aylanma mablag‘lari mavjud. Haqiqiy foyda bir necha barobar kam bo‘lib chiqadi va bu eng noqulay paytda aniqlanadi.
Yechim: qoldiqni yagona summa sifatida qabul qilmasdan, har bir yirik tushumni darhol uch qismga bo‘lish. Soliqlar va zaxira alohida hisob raqamlarga o‘tib, joriy hisob-kitoblarda ishtirok etmaydi. Asosiy hisobda faqat aylanma mablag‘lar qolib, ular bilan kompaniya yetkazib beruvchilarga haq to‘laydi va joriy majburiyatlarni yopadi. Sof foyda hisobda alohida satrda qayd etiladi, mulkdorning mustaqil qarori bilan esa taqsimlanadi. Bunday bo‘linishdan so‘ng ilovadagi qoldiq halol bo‘lib qoladi — bu aynan kompaniya bugun sarflashi mumkin bo‘lgan puldir.
Internet-bankda nimalarni avtomatlashtirish mumkin?
To‘lov topshiriqnomalari qo‘lda shakllantiriladi, kontragentlarning rekvizitlari har bir amaliyotda yangidan kiritiladi, ijara, obuna, davriy yetkazib berish kabi muntazam xarajatlar bir martalik sifatida rasmiylashtiriladi. Bu buxgalteriyaning ortiqcha vaqtini olib qo‘yadi va rekvizitlardagi xatolik xavfini bir necha barobar oshiradi.
Ushbu kundalik ishlarning aksariyatini allaqachon bankning o‘zida hal qilish mumkin. Doimiy kontragentlarning rekvizitlari shablonlarda saqlanadi va har bir keyingi to‘lov bir marta bosish bilan amalga oshiriladi. Ijara, obuna va davriy yetkazib berishlarni buxgalteriyaning har oylik ishtirokisiz, aniq sanalar bo‘yicha bajarish uchun oldindan navbatga qo‘yish mumkin. Mablag‘lar harakati haqidagi bildirishnomalar real vaqt rejimida keladi, buxgalteriya dasturi bilan integratsiya esa ko‘chirmalar va to‘lovlarni qo‘lda ko‘chirishdan xalos etadi. Natijada jamoa qo‘l mehnati soatlarini tejaydi hamda rekvizitlardagi xatolar xavfi keskin kamayadi.
Yangi tartibga solish sharoitida naqd pulsiz hisob-kitoblar biznesni boshqarish masalasidir. O‘z mablag‘lari harakatini nazorat qilishni o‘rgangan kompaniyalar tezroq o‘sadi, mavsumiy pasayishlarni xotirjamroq yengib o‘tib, tashqi moliyalashtirishni osonroq qabul qiladi, chunki ular bank va investorlarga shaffof moliyaviy intizomni namoyish etadi.
Tadbirkorning zamonaviy vazifasi — kompaniya ichida pul bilan ishlashning yaxlit tizimini qurishdir.Kapitalbank to‘lov shablonlaridan tortib, veb-versiyani smartfon bilan sinxronlashtirishgacha bo‘lgan ushbu vositalarning bir qismini Uzum Business Kapitalbank mobil ilovasida jamlagan. Endi to‘lovni kompyuterda tayyorlab, yo‘lda ketayotib esa uni tasdiqlab yuborish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.