Prezdidentning parrandachilik sohasini ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qabul qilindi.

Unga ko‘ra, parrandachilik xo‘jaliklari, parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar hamda “tayyor biznes” loyihalarini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan Mikrokreditbankga mablag‘ yo‘naltiriladi.

Ushbu mablag‘lar hisobidan kreditlar 2026-yil 1-sentabrdan boshlab yillik 10% stavkada ajratiladi.

Bunda ushbu shartlar faqatgina yangi rasmiylashtiriladigan kredit shartnomalariga nisbatan tatbiq etiladi.

2026-yil 1-avgustdan yuqoridagi resurslar hisobidan parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni (loyihalarni) ishga tushirish uchun Mikrokreditbank orqali kreditlar ajratiladi.

Shuningdek, prezidentning 2024-yil 27-iyundagi tegishli qaroriga muvofiq “tayyor biznes” loyihalariga yillik 10% stavkada, 4 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga kreditlar beriladi.


2025-yil 1-apreldan chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklariga QQSning 50%i qaytarib berilishi haqida xabar berilgandi.

2028-yilgacha parrandachilik-naslchilik korxonalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan motorli transport vositalariga import boji 5% etib belgilanadi.