Bugungi kunda logistika, qurilish va sanoat sohalarining jadal rivojlanishi ishonchli va zamonaviy tijorat transportiga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Aynan shu sababli ko‘plab kompaniyalar dunyoning yirik yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan FAW texnikasini tanlamoqda.
O‘zbekistonda FAW zavodining rasmiy dileri BEZON mijozlarga nafaqat yuk avtomobillarini yetkazib beradi, balki biznes uchun kompleks yechimlarni ham taklif etadi. Kompaniya texnikani tanlashdan boshlab, kafolat, servis va ehtiyot qismlar bilan ta’minlashgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda mijozlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
FAW zavodining rasmiy dileri
2022-yilda tashkil etilgan BEZON bugungi kunda O‘zbekiston bozorida tijorat transporti va maxsus texnikalarni yetkazib beruvchi ishonchli kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Rasmiy diler maqomi tufayli BEZON avtomobillarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri FAW zavodidan olib keladi. Bu esa mijozlarga original texnika, zavod kafolati, shaffof narx siyosati va ishlab chiqaruvchi standartlariga to‘liq mos mahsulotlarni taqdim etish imkonini beradi.
Kompaniya uzoq muddatli hamkorlikni maqsad qilgan bo‘lib, har bir mijozning biznes ehtiyojidan kelib chiqib eng maqbul yechimlarni taklif etadi.
FAW JH6 — og‘ir yuk tashish uchun ishonchli tanlov
BEZON assortimentidagi eng talabgir modellardan biri — FAW JH6 4×2 sedel tortqichidir.
Mazkur model 400 ot kuchiga ega Weichai dizel dvigateli, 12 pog‘onali Fast mexanik uzatmalar qutisi va 500 litrli yoqilg‘i baki bilan jihozlangan. Avtomobil 11 tonnagacha bo‘lgan sedel yuklamasini bemalol tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, uzoq masofali va xalqaro yuk tashishlarda yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.
Shuningdek, BEZON FAW JH6 4×2 CNG gazda ishlovchi versiyasini ham taklif qiladi. Ushbu model 430 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish bilan birga yuqori unumdorlikni saqlab qoladi.
Nega aynan BEZON?
Yuk avtomobilini xarid qilish — bu biznes uchun uzoq muddatli investitsiya. Shu sababli nafaqat texnikaning sifati, balki uni yetkazib beruvchi kompaniyaning ishonchliligi ham muhim ahamiyatga ega.
BEZON mijozlariga quyidagi afzalliklarni taqdim etadi:
- FAW zavodidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiy yetkazib berish;
- avtomobil tanlash bo‘yicha professional maslahat;
- original ehtiyot qismlar va malakali servis xizmati;
- biznes ehtiyojiga mos individual yechimlar;
- lizing va kredit asosida xarid qilish imkoniyati.
Bunday yondashuv korxonalarga texnikadan maksimal samaradorlik bilan foydalanish va ortiqcha xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi.
Rasmiy kafolat va servis
BEZON orqali xarid qilingan barcha FAW yuk avtomobillari 36 oy yoki 100 000 km (qaysi biri avval yuz bersa) rasmiy zavod kafolati bilan taqdim etiladi.
Bundan tashqari, kompaniya original ehtiyot qismlar yetkazib berish va malakali servis xizmatini ham yo‘lga qo‘ygan. Bu esa yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar uchun avtomobillarning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
Ishonchli hamkor
BEZON o‘z faoliyatini faqat avtomobil sotish bilan cheklamaydi. Kompaniya mijozlari bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, biznesning rivojlanishiga xizmat qiladigan kompleks yechimlarni taklif etishga intiladi.
FAW zavodining O‘zbekistondagi rasmiy dileri sifatida BEZON zamonaviy sedel tortqichlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri zavod yetkazib berishi, rasmiy kafolat va sifatli servis orqali mamlakatdagi logistika, qurilish hamda sanoat korxonalarining ishonchli hamkoriga aylanib bormoqda. Shu bois, og‘ir yuk tashish uchun zamonaviy va ishonchli texnika izlayotgan kompaniyalar BEZON orqali FAW mahsulotlarini xarid qilish orqali nafaqat avtomobil, balki professional xizmat va uzoq muddatli hamkorlikni ham qo‘lga kiritadilar.
Telefonlar: (+998) 99−005−01−00, (+998) 99−190−02−22, (+998) 77−190−22−22.
Reklama huquqlari asosida.