Ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabuli boshlandi. Hozir uy xaridida davlat ko‘magidan foydalanish bilan birga Agrobankning “Orzudagi uy” aksiyasida ham ishtirok etish mumkin.
Davlat ipotekani rasmiylashtirishdagi moliyaviy yukni kamaytirishga yordam beradi, Agrobank esa yangi uyni jihozlash uchun 10 million so‘mgacha sovrin yutish imkonini taqdim etadi. Muhimi — 2026-yil 25-sentabrgacha ipoteka kreditini rasmiylashtirishga ulgurish.
Subsidiya uchun arizalar qabuli boshlandi
Ipoteka subsidiyalari uchun arizalarni qabul qilishning yangi bosqichi 27-iyul kuni soat 15:00 da boshlandi. Ushbu bosqich uchun avvalgi taqsimotlardan qolgan mablag‘lar yo‘naltiriladi: ilgari berilgan ayrim xabarnomalardan foydalanilmagani sababli tegishli kvotalar yana taqdim etildi.
Avval ariza topshirishga ulgurmagan yoki oldingi saralashdan o‘ta olmagan fuqarolar uchun bu davlat ko‘magidan foydalanishning yana bir imkoniyatidir. Biroq mavjud kvotalar soni cheklangan, shu sababli ariza topshirishni kechiktirmaslik tavsiya etiladi.
Davlat ko‘magi va Agrobank aksiyasi bir vaqtda amal qiladi
Agrobank 2026-yil 25-iyundan 25-sentabrgacha “Orzudagi uy” aksiyasini o‘tkazmoqda. Har oy aksiya davrida ipoteka kreditini rasmiylashtirgan mijozlar orasidan uch nafar g‘olib aniqlanadi.
G‘oliblarga Chakana marketpleysida xarid qilish uchun quyidagi sertifikatlar topshiriladi:
- 10 mln so‘m;
- 7 mln so‘m;
- 5 mln so‘m.
Shunday qilib, davlat subsidiyasi uy xarid qilishga ko‘maklashsa, Agrobank sovrini yangi xonadonni maishiy texnika, mebel va boshqa zarur buyumlar bilan jihozlash imkonini beradi.
Muhim sanalar
27-iyul — ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabulining yangi bosqichi boshlandi.
25-sentabr — “Orzudagi uy” aksiyasi yakunlanadi. Unda ishtirok etish uchun ipoteka krediti shu sanagacha Agrobankda rasmiylashtirilishi lozim.
1-dekabr — joriy yilda subsidiya uchun arizalar qabul qilishning umumiy yakuniy muddati. Biroq bu vaqtga kelib Agrobank aksiyasi tugagan bo‘ladi.
Shu sababli maqbul yo‘l — subsidiya bo‘yicha xabarnomani kutib o‘tirmasdan, ariza topshirish bilan bir vaqtda Agrobankka dastlabki maslahat uchun murojaat qilish. Bu orqali kreditning mavjud summasi, boshlang‘ich badal miqdori va zarur hujjatlar ro‘yxatini oldindan bilib olish mumkin.
Ipoteka subsidiyasi nima beradi?
Ipoteka subsidiyasi — davlat budjetidan ajratiladigan va qaytarilishi talab etilmaydigan mablag‘. U boshlang‘ich badalning bir qismini yoki ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplashga yo‘naltirilishi mumkin.
Mablag‘ ariza beruvchiga naqd shaklda berilmaydi. Subsidiya bevosita bankka, oluvchi nomiga ochilgan hisobvaraqqa o‘tkaziladi va faqat ma’qullangan ipoteka krediti bilan birga ishlatiladi.
Ariza beruvchining belgilangan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi davlat axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
“Orzudagi uy” aksiyasi nima beradi?
Xonadon xarid qilingach, xarajatlar odatda tugamaydi. Yangi uy uchun mebel, maishiy texnika, yoritish vositalari, to‘qimachilik mahsulotlari va boshqa zarur buyumlar kerak bo‘ladi.
Shu bois aksiya sovrinlari Chakana platformasida xarid qilish uchun mo‘ljallangan. G‘oliblar sertifikatlardan yangi uyini jihozlashda foydalanishi mumkin.
Ishtirok etish uchun alohida ro‘yxatdan o‘tish yoki qo‘shimcha xarid talab etilmaydi. 25-iyundan 25-sentabrgacha Agrobankda ipoteka kreditini rasmiylashtirishning o‘zi kifoya.
G‘oliblar har oy aniqlanadi. Kredit qanchalik erta rasmiylashtirilsa, aksiya yakunigacha shuncha ko‘p qur’a tashlashlarda ishtirok etish imkoniyati bo‘ladi.
Nega Agrobankka oldindan murojaat qilish ma’qul?
Subsidiya uchun ariza topshirishdan oldin ipoteka krediti bo‘yicha mijoz o‘z imkoniyatlarni dastlabki baholash tavsiya etiladi.
Bankda quyidagilarni oldindan tekshirish mumkin:
- qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning kredit tarixi;
- joriy qarz yuki;
- tasdiqlangan daromad;
- olinishi mumkin bo‘lgan kredit summasi;
- tanlangan uy-joyning dastur shartlariga muvofiqligi;
- talab etiladigan boshlang‘ich badal miqdori.
Hatto kichik kechikish, amaldagi muddatli to‘lov yoki kafillik ham bank qaroriga ta’sir qilishi mumkin. Bularni oldindan aniqlash subsidiya bo‘yicha xabarnoma olinmasidan avval ko‘plab masalalarni hal qilishga yordam beradi.
Arizadan yangi uy kalitigacha
Avvalo daromadlar, ko‘chmas mulk mavjudligi va kredit tarixi haqidagi ma’lumotlarni tekshirish zarur. Keyin Agrobankda maslahat olib, ipotekaning dastlabki shartlarini bilib olish mumkin.
Shundan so‘ng subsidiya uchun ariza Davlat xizmatlari markazi, myGov mobil ilovasi yoki my.gov.uz portali orqali topshiriladi.
Ariza beruvchi belgilangan mezonlar va bank talablariga muvofiq bo‘lsa, unga subsidiya ajratilishi haqida xabarnoma beriladi. Keyin ipoteka krediti rasmiylashtiriladi, uy-joyni sotib olish bo‘yicha bitim tuziladi va subsidiya mablag‘lari o‘tkaziladi.
Agrobankda kredit 25-sentabrgacha rasmiylashtirilsa, mijoz avtomatik ravishda “Orzudagi uy” aksiyasi ishtirokchisiga aylanadi.
Hozir bir vaqtning o‘zida ikki imkoniyat ochiq: uy xarid qilish uchun davlat ko‘magidan foydalanish va yangi xonadonni jihozlash uchun sovrin yutish. Subsidiya uchun ariza topshiring va har ikkala imkoniyatdan foydalanishga ulgurish uchun Agrobankka oldindan murojaat qilish zarur.
Reklama huquqlari asosida.