29-iyul kuni JW Marriott Tashkent mehmonxonasida Markaziy bank, Central Asian Fintech Association (CAFA) hamda ONESEC kompaniyasi bilan hamkorlikda “Bank sektorida kiberxavfsizlik: zamonaviy tahdidlar va amaliy yechimlar” mavzusida yopiq seminar tashkil etildi.

Tadbir banklar, moliyaviy tashkilotlar va fintex kompaniyalari rahbarlari hamda mutaxassislarini bir maydonga jamlab, dolzarb kiberxavflar, regulyator talablari va moliya sektorining kibermustahkamligini oshirish bo‘yicha amaliy yondashuvlarni muhokama qilish imkonini berdi.

Seminarning asosiy mavzulari:

  • “Axborot xavfsizligi bo‘yicha samarali strategiyani shakllantirish”;
  • “Ijtimoiy muhandislik tahdidlariga qarshi kurashish”;
  • “Kiberxavfsizlik madaniyatini rivojlantirish”;
  • “Tashqi tahdidlarni monitoring qilish”;
  • “Ma'lumotlar sizib chiqishini aniqlash”;
  • “Tashkilotlarning raqamli aktivlarini himoya qilishda Threat Intelligence yechimlaridan foydalanish”.

Tashkilotchilar barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki va professional tajriba almashgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Tadbirning muhim jihatlaridan biri — ochiq muloqot bo‘lib, unda ishtirokchilar dolzarb muammolarni muhokama qilish, ekspertlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish va moliya sektorining kibermustahkamligini ta’minlash bo‘yicha amaliy fikr almashish imkoniga ega bo‘ldi. Bunday uchrashuvlar professional hamjamiyatni rivojlantirish va bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Reklama huquqlari asosida.