Tojikiston iyul oyida Rossiyadan yoqilg‘i yetkazib berish hajmi kamaygani ortidan Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘istondan motor yoqilg‘isi importini iyun oyiga nisbatan qariyb uch baravar oshirdi. Bu haqda Reuters ma’lumotlariga tayanib The Moscow Times xabar berdi.
Rossiyada so‘nggi oylarda neftni qayta ishlash zavodlariga uyushtirilgan dron hujumlari sabab benzin va dizel ishlab chiqarish qisqardi.
Natijada mamlakat ichki bozorida yoqilg‘i taqchilligi yuzaga kelib eksport hajmlari kamaydi Bu esa Rossiya yoqilg‘isiga tayanadigan Tojikistonga ham ta’sir ko‘rsatdi
Iyul oyida Tojikiston Turkmaniston O‘zbekiston va Qozog‘istondan jami 34 ming tonna motor yoqilg‘isi import qildi. Bu iyun oyiga nisbatan qariyb uch baravar ko‘p bo‘ldi.
Shu bilan birga Rossiyadan benzin importi ikki baravar kamayib 14,1 ming tonnani tashkil etdi. Dizel yetkazib berish 2% ga qisqarib 30 ming tonnaga tushdi Rossiyadan aviakerosin esa umuman olib kelinmadi.
Qo‘shni davlatlardan benzin importi 8,4 ming tonnadan 13,8 ming tonnagacha dizel importi 2,45 ming tonnadan 17,6 ming tonnagacha aviakerosin esa 316 tonnadan 2,5 ming tonnagacha oshdi.
2026-yilning birinchi yarmida Tojikiston 244 ming tonna benzin 300,2 ming tonna dizel va 40,4 ming tonna aviakerosin import qildi. Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra yanvar-iyun oylarida mamlakat jami 922 ming tonna neft mahsulotlarini xarid qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11% ko‘p.
Energetika vaziri Daler Juma hukumat Qozog‘iston Turkmaniston Eron Iroq va Belarus bilan qo‘shimcha yoqilg‘i yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgan. Avvalroq Xitoydan ham yoqilg‘i importini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilingan.
Ta’minotdagi uzilishlar fonida Tojikistonda yoqilg‘i narxlari ham sezilarli oshdi AI-92 benzini litri 11−11,2 somoniydan 12−12,5 somoniygacha ko‘tarildi.
Yozgi dizel narxi esa 13,4−13,8 somoniydan 16,5−18,5 somoniygacha qimmatlashdi. Ayrim yoqilg‘i quyish shoxobchalari AI-95 AI-98 benzini va dizel savdosiga vaqtinchalik cheklovlar ham joriy etdi.
Mutaxassislar bu vaziyat Rossiya yoqilg‘isiga qaram davlatlar ta’minotni diversifikatsiya qilishga majbur bo‘layotganini ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.Bu jarayonda O‘zbekiston Tojikiston uchun muqobil yoqilg‘i yetkazib beruvchilardan biriga aylandi.
Avvalroq Spot O‘zbekiston Qirg‘izistonga oyiga 20 ming tonna yoqilg‘i yetkazib berishi mumkinligi haqida yozgandi.