Yaqin-yaqingacha yetkazib berish bozori deganda ko‘z oldimizga, avvalo, Toshkent kelardi. Bugun esa o‘sishning asosiy drayveriga hududlar aylanmoqda: xalqaro tarmoqlar yangi nuqtalar ochmoqda, mahalliy restoranlar ko‘lamini kengaytirmoqda, viloyatlarda yashovchilar esa raqamli servislardan tobora faolroq foydalanmoqda.
Uch yil ichida Yandex Go’dagi “Taomlar” yetkazib berish servisi O‘zbekistonning 16 ta shahrida faoliyat boshladi, hududlardagi o‘sish sur’atlari esa poytaxt ko‘rsatkichlaridan yuqori. So‘nggi yil yakunlariga ko‘ra, hududlardagi buyurtmalar soni 80% dan ortiqqa o‘sdi. Eng yuqori o‘sish sur’atlari Samarqand, Farg‘ona, Urganch va Andijonda qayd etilmoqda.
“Biz servisni Toshkentdan tashqarida ishga tushirganimizda, ko‘pchilik yetkazib berish faqat poytaxtga xos ssenariy deb hisoblardi. Qariyb ikki yil davomida turli modellarni sinab, hududlardagi foydalanuvchilarning harakatlarini o‘rgandik. Bugun hududlar yillik hisobda taxminan 80% ga o‘smoqda va bu talab ancha oldindan mavjud bo‘lganini tasdiqlaydi — unga faqat sifatli infratuzilma yetishmagan”, — deydi Yandex Go’dagi “Taomlar” servisi restoran operatsiyalari rahbari Muhammadyor Ismoilov.

Hududiy o‘sishning mahalliy biznessiz imkoni yo‘q
Bugungi kunda servisga butun mamlakat bo‘ylab 3500 dan ortiq restoran ulangan. Asosiy drayver bo‘lib tez tayyorlanadigan taomlar segmenti qolmoqda, ammo kompaniya asosiy e’tiborni mahalliy restoranlarni rivojlantirishga ham qaratmoqda.
Servis vakillarining ta’kidlashicha, muvaffaqiyatli yetkazib berish bu faqat logistika emas, balki muayyan shahar aholisi avvaldan ishonadigan maskanlarning mavjudligi hamdir.
Masalan, Samarqanddagi BURGER & Co. brendi servis bilan hamkorlik qilgan so‘nggi bir yil ichida buyurtmalar aylanmasini 70% dan ortiqqa oshirdi. Barqaror o‘sish fonida brend O‘zbekistonning boshqa hududlariga ham faol kengayishni boshladi.
“Burger & Co tarixi hududiy biznes salohiyatini yaxshi ko‘rsatadi. Biz mahalliy brendlarga keng auditoriya va tayyor yetkazib berish infratuzilmasiga kirish imkonini beramiz. Bu esa ularga avvalgidan ancha tezroq masshtablanish imkonini yaratadi”, — deya ta’kidlaydi Yandex Go.

Yetkazib berish tezligi biznes o‘sishining omiliga aylanmoqda
Xizmat geografiyani kengaytirishdan tashqari, servis hamkorlar samaradorligini oshirish ustida ham faol ishlamoqda.
Yandex Go’ning ichki tahliliga ko‘ra, buyurtmani tayyorlash vaqtini atigi uch daqiqaga qisqartirish buyurtmalar sonini 15% gacha oshirishi mumkin.
“Bugun tezlik shunchaki qulaylik emas, balki foydalanuvchi ishonchining masalasiga aylangan. Yetkazib berish jarayoni prognoz qilinadigan bo‘lsa, inson servisdan muntazam foydalana boshlaydi. Restoranlar uchun oshxona jarayonlarini optimallashtirish ko‘p hollarda marketingga qo‘shimcha xarajat qilmasdan o‘sishning eng samarali vositasi bo‘lib chiqadi”, — deydi Yandex Go’dagi “Taomlar” servisi rahbari Semyon Aksyonov.

Restoranlar va do‘konlardan yetkazib berish hajmining o‘sishi kuryerlar hamkorlik tarmog‘ining rivojlanishi bilan birga kechmoqda. Bugun mamlakatning 16 ta shahrida har kuni taxminan 1000 nafar hamkor kuryer buyurtmalarni bajaradi, servisga esa o‘rtacha har kuni 20 nafarga yaqin yangi kuryer qo‘shiladi.
Bugun eng rivojlangan kuryerlik tarmog‘i Samarqandda shakllangan bo‘lib, bu yerda har kuni taxminan 300 nafar kuryer liniyaga chiqadi.
Servis hamkor kuryerlari buyurtmalarni bajarish vaqtida sug‘urta, faollik uchun qo‘shimcha bonus dasturlari hamda belgilangan maqsadlarga erishgan velosiped va elektrobayk egalari uchun maxsus to‘lovlardan foydalanishi mumkin.
Kuryerlik tarmog‘ining rivojlanishi servisga hududlarda buyurtmalar soni oshib borayotgan sharoitda ham yetkazib berish sifatini barqaror saqlash imkonini beradi.
Yetkazib berish shahar infratuzilmasining bir qismiga aylanmoqda
Shu bilan birga, riteyl yo‘nalishi ham rivojlanmoqda.
Bugun 11 ta shahar aholisi servis orqali oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyoj tovarlari, kosmetika, dori-darmon va boshqa mahsulotlarga buyurtma berishi mumkin. So‘nggi bir yilda ushbu toifadagi buyurtmalar soni ikki barobardan ortiqqa oshdi.
Bundan tashqari, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon va Farg‘onada foydalanuvchilarga restoranlarni topish va oflayn tashrifni rejalashtirishga yordam beradigan “Borish” bo‘limi paydo bo‘ldi.
Kompaniyada ta’kidlashlaricha, bugun hududlarda yetkazib berishni rivojlantirish qulay foydalanuvchi servisidan ancha keng tushunchaga aylangan.
U shahar iqtisodiyotining bir qismiga aylanmoqda, ya’ni restoran va do‘konlarga biznesni masshtablashtirishga yordam beradi. Bandlik uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratibi, kichik tadbirkorlik rivojiga hissa qo‘shadi va hudud aholisiga poytaxt foydalanuvchilari uchun allaqachon odatiy bo‘lib qolgan raqamli servislardan foydalanish imkonini beradi.
Reklama huquqlari asosida.