Sony Pictures’ning “O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi Qozog‘iston va O‘zbekistonda kassaboplik bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda OAVlar Ascar Cinema ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Vlast.kz ma’lumotlariga ko‘ra, film Qozog‘istonda uch kunlik prokat davomida 1,37 mlrd tenge ($2,94 mln) yig‘gan. Bu filmning 1 mlrd tenge daromadga eng tez erishishi bo‘yicha rekord bo‘ldi.
Avvalgi rekordchilar — “Avatar: Suv yo‘li” va “Zootopiya 2” — bu ko‘rsatkichga olti kunda yetgan. Filmning qozoq tilidagi versiyasi birinchi dam olish kunlaridagi umumiy tushumning 5,6%ini ta’minlagan.
O‘zbekistonda film 6-avgust kuni keng prokatga chiqdi va birinchi kunning o‘zida 1,07 mlrd so‘m ($90,2 ming) yig‘ib, mamlakat kinoprokat tarixidagi mutlaq kassaboplik rekordini o‘rnatdi.
Bu haqda Afisha.uz Ascar Cinema’ning dastlabki ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Filmni 15 838 tomoshabin ko‘rgan, o‘zbek tilidagi dublyaj esa birinchi kundagi kassaboplikning 11,5%ini tashkil etgan.
Birinchi hafta oxirida filmning Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Armaniston va Tojikistondagi umumiy daromadi 1,67 mlrd tengega ($3,58 mln) yetdi.
Ushbu summaga Qozog‘iston — 1,3 mlrd tenge (77,8%), O‘zbekiston — 167 mln (10%), Qirg‘iziston — 109,1 mln (6,5%), Armaniston — 81,5 mln (4,9%), Tojikiston — 31,8 mln tenge (1,9%) to‘g‘ri keldi.
Avvalroq Spot O‘zbekistonda xorijga sayohat qiluvchilar uchun yangi kafolat tizimi joriy etilishi rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.
Turoperatorlardan kamida $50 ming zaxira mablag‘i shakllantirish, har bir sotilgan turpaket uchun kafolat yig‘imi joriy etish taklif qilinmoqda.