Bugun firibgarlar nafaqat IT bo‘limlariga hujum qilmoqda, balki ularning asosiy nishonlaridan biriga buxgalteriya ham aylanmoqda. Mutaxassislar har kuni to‘lovlar, bank tizimlari va maxfiy ma’lumotlar bilan ishlagani sababli fishing, korporativ elektron pochtani buzish va ijtimoiy muhandislikka asoslangan boshqa firibgarlik sxemalariga boshqalarga qaraganda ko‘proq duch kelmoqda.

Kompaniyalarga ushbu xatarlarni kamaytirishga yordam berish maqsadida ONESEC O‘zbekistondagi tashkilotlar buxgalterlari uchun HUSH platformasida kiberxavfsizlik bo‘yicha onlayn dasturga bepul kirish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Kurslar o‘zbek va rus tillarida mavjud.

Dastur davomida ishtirokchilar quyidagilarni o‘rganadilar:

  • fishing xatlari va firibgarlik sxemalarini aniqlashni;
  • to‘lovlar hamda korporativ elektron pochta bilan xavfsiz ishlashni;
  • akkauntlarni ishonchli parollar va MFA yordamida himoya qilishni;
  • shubhali holatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilishni.

Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

Dasturdan bepul foydalanish uchun saytda ariza qoldirish yoki ONESEC mutaxassislari bilan bog‘lanish mumkin.

Telefon: (+998) 50−151−50−14.

Reklama huquqlari asosida.