2-sentabrdan xizmatda tariflar o‘zgarmaydi. Biroq mashinalar yetishmasligi tufayli narx yuqoriroq bo‘lishi mumkin — ko‘pchilik bir vaqtda taksi chaqiradi, haydovchilarning o‘zi ham farzandlarini maktabga olib boradi va ayrimlari shu kuni liniyaga chiqmasligi mumkin. Yandex Go 2-sentabrda taksini qachon chaqirish foydali ekani va tejash uchun qanday layfxaklardan foydalanish mumkinligini aytib beradi.

Taksini qachon buyurtma qilish foydali?

Yandex Go o‘tgan yilgi xizmatdan foydalanish ma’lumotlari asosida 2-sentabrda qaysi vaqtda safar buyurtma qilish foydali bo‘lishini prognoz qildi. O‘quv yilining birinchi kunida odamlar soat 6:30 dan boshlab faol ravishda safar buyurtma qila boshlaydi. Shuning uchun mashinani shu vaqtdan 10−15 daqiqa oldinroq chaqirgan ma’qul. Taksiga eng yuqori talab 7:00 dan 7:50 gacha bo‘ladi. Bu vaqtda safar narxi odatdagidan yuqoriroq bo‘lishi mumkin. 7:50 dan keyin esa talab odatda pasayadi. Shu vaqtda mashina buyurtma qilish nisbatan foydali bo‘lishi mumkin.

reklama, yandex go

Yo‘lkira narxi nimalarga bog‘liq?

Safarning umumiy narxini shakllantiradigan tariflar 1 kilometr va 1 daqiqa yo‘l uchun to‘lov sentabr boshida o‘zgarmaydi. Biroq yakuniy narxga talab darajasi va liniyaga chiqqan bo‘sh mashinalar soni ham ta’sir qiladi. Agar safar buyurtma qiluvchilar soni bo‘sh mashinalardan ko‘p bo‘lsa, safar narxi odatdagidan yuqori bo‘lishi mumkin.

O‘quv yilining birinchi kunida talab oshadi: oilalar bayram tadbirlariga shoshiladi. Haydovchilarning o‘zi ham farzandlarini maktabga olib boradi, shu sababli ayrimlari bu kuni liniyaga chiqmasligi mumkin. Talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish hamda talab yuqori bo‘lgan hududlarga ko‘proq haydovchilarni jalb qilish uchun xizmatda narxni oshiruvchi koeffitsiyent avtomatik ravishda ishga tushadi. Bu vaqtinchalik chora bo‘lib, shoshilinch ravishda yo‘lga chiqishi kerak bo‘lgan foydalanuvchilarga mashina topish imkonini beradi. Koeffitsiyent ko‘proq haydovchilarni liniyaga chiqishga rag‘batlantiradi. Buyurtmalarni qondirish uchun yetarli miqdorda mashina paydo bo‘lishi bilan narxlar yana odatdagidek bo‘ladi.

reklama, yandex go

Layfxaklar: taksida yana qanday tejash mumkin

Narx indeksini kuzatish lozim. Yandex Go ilovasida narx indeksi bor. Bu maxsus indikator real vaqt rejimida liniyaga chiqqan bo‘sh mashinalar joriy talabni qondirish uchun yetarlimi-yo‘qmi, shuni ko‘rsatadi. Uni ilovaning bosh sahifasining yuqori chap burchagidan topish mumkin. Agar bo‘sh mashinalar yetarli bo‘lsa, indikator yashil rangda bo‘ladi va safar narxi odatiy darajada qoladi. Agar mashinalar yetarli bo‘lmasa, indikator to‘q sariq yoki qizil rangda ko‘rinadi va safar narxi odatdagidan yuqori bo‘ladi.

“Birga” tarifidan foydalanish mumkin. Safarni yo‘lovchi bilan bo‘lishib, “Birga” tarifini tanlaganda, kamroq to‘lash mumkin. Muhimi: “Birga” tarifi bo‘yicha safarni katta yuksiz faqat bir kishi uchun buyurtma qilish mumkin. Ya’ni bir vaqtda avtomobilda ikki yo‘lovchi harakatlanadi va ularning har biri “Birga” tarifi bo‘yicha alohida buyurtma rasmiylashtirgan bo‘ladi.

Talab yuqori bo‘lgan vaqtda jamoat transportidan ham foydalanish mumkin. Yandex Go ilovasidagi “Transport” xizmati orqali avtobus hozir qayerdaligini ko‘rish va uning kerakli bekatga qachon yetib kelishini bilish imkoni bor.

Reklama huquqlari asosida.