2-sentabr kuni soat 10:00 da Toshkent viloyati Tutzor mahallasida Vosiq International School’ning yangi filiali rasman ochildi.
Vosiq International School o‘z faoliyatini 2017-yilda Toshkent shahri Chilonzor tumanining Do‘mbirobod mahallasida boshlagan. Bugungi kunda ushbu filialda 1400 nafardan ortiq o‘quvchi, maktabgacha ta’lim bo‘limida esa 300 nafardan ortiq tarbiyalanuvchi tahsil olmoqda.

Maktab ta’lim jarayonida milliy va xalqaro tajribani uyg‘unlashtirib, xorijiy tillar, aniq va tabiiy fanlarni chuqur o‘qitishga e’tibor qaratadi. Ta’lim jarayoniga mahalliy pedagoglar bilan bir qatorda xalqaro tajribaga ega xorijiy o‘qituvchilar ham jalb qilingan. Maktabda IB (International Baccalaureate) dasturi asosida ta’lim olish imkoniyati ham mavjud.

Maktab bitiruvchilari O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda xorijiy universitetlarga ham muvaffaqiyatli o‘qishga qabul qilinmoqda.

Yunusobod filiali
2024-yilda Vosiq International School’ning 2500 nafardan ortiq o‘quvchiga mo‘ljallangan Yunusobod filiali faoliyat boshladi. Qisqa vaqt ichida bu yerdagi o‘quvchilar soni 1600 nafardan oshdi.

Filialda ingliz tili va matematika fanlarini chuqur o‘qitish, o‘quvchilarni IELTS va SAT kabi xalqaro imtihonlarga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Tutzor filiali — aniq va tabiiy fanlar hamda tibbiyot yo‘nalishiga e’tibor
Vosiq International School’ning yangi Tutzor filialida umumiy ta’lim bilan bir qatorda kimyo, biologiya va fizika fanlarini chuqur o‘rganish uchun alohida sharoit yaratilgan.

Filialning asosiy yo‘nalishlaridan biri o‘quvchilarni tibbiyot sohasiga qiziqtirish, ularni kelajakdagi kasb tanloviga yo‘naltirish va tegishli oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorlashdan iborat.

Ta’lim jarayonida nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirilib, o‘quvchilarning ilmiy fikrlashi, tahlil qilish va tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.

Yangi majmua tarkibida maktab bilan birga maktabgacha ta’lim bo‘limi ham faoliyat yuritadi.

2017-yilda bir filial bilan faoliyatini boshlagan Vosiq International School bugungi kunda Do‘mbirobod, Yunusobod va Tutzor filiallarini birlashtirgan ta’lim tizimiga aylandi.
Manzil: Toshkent viloyati Pillakor ko‘chasi Tutzor MFY.
Reklama huquqlari asosida.