Discover Invest Global Germaniyaning Hypercon Solutions kompaniyasi vakillari bilan zamonaviy qurilish texnologiyalarini joriy etish va UHPC — Ultra High Performance Concrete yo‘nalishida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildi.

discover invest global, reklama

Uchrashuv davomida tomonlar UHPC texnologiyasini murakkab va yuqori talablar qo‘yiladigan konstruktiv yechimlarda qo‘llash istiqbollari, uni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish hamda mahalliy bozorda mavjud beton komponentlari asosida ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

discover invest global, reklama

UHPC — o‘ta yuqori mustahkamlikka ega maxsus beton turi bo‘lib, zich tuzilishi, past suv o‘tkazuvchanligi va uzoq muddatli chidamliligi bilan ajralib turadi. Ushbu xususiyatlar zamonaviy qurilishda yanada samarali va ishonchli muhandislik yechimlarini yaratish imkonini beradi.

discover invest global, reklama

Muzokaralar davomida UHPC texnologiyasidan foydalanish orqali konstruksiyalarning texnik ko‘rsatkichlarini yaxshilash, qurilish jarayonlarini optimallashtirish hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

discover invest global, reklama

Shuningdek, tomonlar Germaniya tajribasi va zamonaviy texnologik yondashuvlarni O‘zbekiston qurilish bozorida qo‘llash, mahalliy mutaxassislar bilan tajriba almashish hamda kelgusida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.

discover invest global, reklama

Uchrashuv yakunida Discover Invest Global va Hypercon Solutions o‘rtasida UHPC texnologiyasi yo‘nalishidagi istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Discover Invest Global xalqaro tajriba va ilg‘or qurilish texnologiyalarini o‘rganish, ularni mahalliy sharoitga moslashtirish hamda O‘zbekistondagi loyihalarda zamonaviy muhandislik yechimlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratadi.

Sayt: di.uz
Telegram: t.me/discoverinvestjobs

Reklama huquqlari asosida.