TBC Salom UZCARD UZCARD to‘lov infratuzilmasi imkoniyatlari hamda TBC Bank’ning TBC Salom debet kartasi afzalliklarini o‘zida birlashtiradi. Kartadan butun mamlakat bo‘ylab kundalik xaridlar va to‘lovlar, pul o‘tkazmalari, ish haqi olish va boshqa operatsiyalar uchun foydalanish mumkin.
TBC Salom UZCARD’ning alohida afzalligi — unga integratsiya qilingan transport funksionalidir. ATTO almashib o‘tish tarifi kartaga allaqachon integratsiya qilingan, shu sababli foydalanuvchilarga amaldagi almashib o‘tish tarifi shartlari asosida yo‘l haqini to‘lash uchun alohida transport kartasini xarid qilish talab etilmaydi.
Karta taqdim etilishi munosabati bilan aksiya boshlandi. Aksiya doirasida TBC Salom UZCARD egalari karta faollashtirilgan paytdan boshlab birinchi oy davomida barcha xaridlar uchun 5% keshbek olishlari mumkin. Aksiya yil oxirigacha amal qiladi. Aksiya shartlari bilan havola orqali tanishish mumkin.
Bundan tashqari, karta egalari muntazam bonuslarga ega bo‘ladilar: TBC Salom hamkorlarida oyiga 500 ming so‘mgacha bo‘lgan limit doirasida 5% keshbek hamda tegishli opsiya ulanganda karta qoldig‘iga yillik 12% miqdorida keshbek. Shuningdek, foydalanuvchilar TBC Bank Uzbekistan ilovasida bepul pul o‘tkazmalarini amalga oshirishlari hamda bankomatlarda naqd pul yechish va naqd pul bilan to‘ldirish uchun undirilgan komissiya summasini qaytarib olishlari mumkin.
Yangi mahsulot keng auditoriyaga mo‘ljallangan: UZCARD va TBC Bank hamkorligi doirasida loyihani amalga oshirishning dastlabki bosqichida 1 mln tagacha karta chiqarish rejalashtirilgan.
“UZCARD uchun real foydalanish ssenariylariga mos keladigan va kundalik to‘lovlarni yanada qulay qiladigan karta mahsulotlarini rivojlantirish muhim. TBC Salom UZCARD UZCARD milliy to‘lov infratuzilmasi imkoniyatlari, TBC Bank’ning raqamli yechimlari va ATTO transport funksionalini o‘zida birlashtiradi. Natijada foydalanuvchi kundalik xaridlar, pul o‘tkazmalari va jamoat transportida safarlar uchun foydalanish mumkin bo‘lgan yagona vositaga ega bo‘ladi”, — deya ta’kidladi UZCARD’ning banklar va to‘lov tashkilotlari bilan ishlash bo‘limi direktori Alisher Yunusxo‘jayev.
“Biz turli kompaniyalarning ekspertizasi va infratuzilmasini birlashtirish imkonini beradigan hamkorlikdagi mahsulotlarni rivojlantirishda katta salohiyatni ko‘rmoqdamiz. TBC Salom UZCARD ana shunday yondashuvning natijasi bo‘ldi: biz TBC Bank’ning raqamli ekspertizasi, UZCARD to‘lov tizimi imkoniyatlari va ATTO transport funksionalini bitta mahsulotda birlashtirdik. Biz uchun ushbu mahsulotni ishga tushirish — mijozlarga bank kartasidan foydalanishning yangi ssenariysini taklif etish va ayni paytda TBC Salom imkoniyatlarini kengaytirish imkoniyatidir”, — deya ta’kidladi TBC Bank bosh direktori Spartak Tetrashvili.
TBC Salom UZCARD’ning ishga tushirilishi integratsiyalashgan moliyaviy va shahar xizmatlarining rivojlanishini aks ettiradi, bunda bank mahsulotlari foydalanuvchining kundalik ssenariylarining bir qismiga — xaridlar va pul o‘tkazmalarini amalga oshirishdan tortib jamoat transportida safarlargacha — aylanadi.
UZCARD va TBC Bank hamkorligi milliy to‘lov tizimi imkoniyatlari, bankning raqamli servislarini va ATTO transport infratuzilmasini bitta mahsulotda birlashtirish imkonini beradi.
TBC Salom UZCARD kartasini TBC Bank Uzbekistan ilovasida rasmiylashtirish mumkin. Karta chiqarish va yetkazib berish bepul amalga oshiriladi.
TBC Salom kartasi bo‘yicha tariflar va shartlar saytning “Hujjatlar” bo‘limida mavjud. Kartani chiqarish TBC Bank Uzbekistan ilovasida xizmatdan foydalanish texnik jihatdan mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
“UZCARD. Qulay yashang”.
Reklama huquqlari asosida.