Gaz ta‘minotiga oid ma‘lumotlarni taqdim etuvchi sun‘iy intellekt asosidagi chat-bot ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
@Hudud_gaz_taminot_bot Telegram-boti ommaviy foydalanish uchun test rejimida ishga tushgan.
Test jarayonida chat-botning ishlash sifati, javoblarining aniqligi va foydalanuvchilar uchun qulayligi muntazam tahlil qilinadi.
Natijalar asosida tizim bosqichma-bosqich takomillashtirib boriladi.
Spot avvalroq O‘zbekistondagi barcha mahallalar uchun energetik pasport joriy etilishi haqida yozgandi.