Kompaniya Uklon’ni monomahsulot servisidan turli biznes yo‘nalishlarini birlashtirishga hamda yangi mahsulotlar va bozorlar rivojiga moslashishga qodir yagona brendga aylantirmoqda. O‘zbekistonda brendning global strategiyasi Daymaker platformasi orqali mahalliy darajada rivojlanmoqda. Ushbu servis shahardagi kundalik hayotni qanday qilib biroz yengilroq va yoqimliroq qilishi mumkinligi haqidagi g‘oyadir.
Uklon yangilangan For Dynamic World brend platformasi va vizual aydentikani taqdim etdi. Yangi arxitektura asosida qamrab oluvchi yagona brend Uklon joylashgan bo‘lib, uning ostida kompaniyaning mavjud va yangi yo‘nalishlari rivojlanishi mumkin.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Uklon brendi ostida Ride Hailing, Delivery, Uklon Ads va Uklon for Business yuritilmoqda. Brendning yangi arxitekturasi, qolaversa, kompaniya mahsulot ekotizimini yanada kengaytirish uchun asos yaratadi.
Shu bilan birga, mahalliy bozorda Uklon Daymaker deb nomlangan shaxsiy brend platformasini rivojlantirmoqda. For Dynamic World brendning turli bozorlardagi umumiy yo‘nalishini belgilab bersa, Daymaker uni O‘zbekistonning mahalliy kontekstiga moslashtiradi va Uklon’ning kishi kundalik hayotidagi o‘rnini belgilaydi.

“Biz odamlarga turli kundalik ssenariylarda hamrohlik qila oladigan brend qurmoqdamiz. For Dynamic World ekotizimni rivojlantirish uchun yagona poydevor yaratadi, Daymaker esa O‘zbekistondagi auditoriya bilan tushunarli mahalliy kontekst orqali muloqot qilishimizga yordam beradi”, — deya ta’kidladi Uklon Uzbekistan Marketing bo‘limi rahbari Elin Xanlarov.
Daymaker asosida oddiy g‘oya yotadi: katta shahardagi hayot shundoq ham voqealarga boy, shuning uchun servis kundalik yukning bir qismini yengillashtirishi va oddiy kunni osonroq qilishi mumkin. Misol uchun, bu kutish vaqti yoki safarni qulayroq qilish, kundalik mayda-chuyda tashvishlarda g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yoki shunchaki kayfiyat ko‘taradigan lahzani taqdim etish bo‘lishi mumkin.

For Dynamic World
For Dynamic World brend platformasi I AM IDEA kreativ agentligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Uning asosida dunyo juda tez o‘zgarayotgan bir sharoitda insonlarga va biznesga yordam berish g‘oyasi yotadi.
“Kompaniya ekotizimga aylanganda, eng qiyini narsa yangi mahsulotlarni qo‘shish emas, balki ularning nega birga ekanini tushuntirib beradigan g‘oyani topishdir. Odamlar „mashina chaqirishim kerak“ degan xayol bilan uyg‘onishmaydi, ularga uchrashuvga ulgurish, onasiga gul yuborish yoki farzandini mashg‘ulotdan olib ketish kerak. Shu sababli, biz platformani Uklon insonning kundalik hayotida tutadigan o‘rni atrofida qurdik. Axir bugungi kunda brend berishi mumkin bo‘lgan eng qimmatli narsa — shunchaki yana bir xizmat emas, balki zamon bilan hamnafas yashash imkoniyatidir”, — deydi I AM IDEA agentligi asoschisi va kreativ direktori Igor Finashkin.

Yangilangan vizual aydentika
Yangilangan aydentika asosida Uklon ranglari — sariq, qora va oq ranglar hamda mediator ramzi saqlanib qoldi. Lekin endi ular yangi qoidalar va mantiq bo‘yicha ishlaydi. Ekotizim mahsulotlari uchun qo‘shimcha urg‘u beruvchi ranglar qo‘shildi.
Vizual brend aydentikaning yangi elementlari orasida quyidagilar bor:
- yo‘llar, harakat va burilishlarni eslatuvchi noyob “Uklon RUX KAPS” shrifti yaratildi.
- sodda 2D grafika hajmli 3D elementlari bilan uyg‘unlashtirildi. Bunday stikerli grafikani har qanday reklama va ko‘rgazmali materiallarga oson va tez moslashtirish mumkin.
- navigatsiya ramzi hisoblangan “Pin” kattaroq va “jonli” ko‘rinishga ega bo‘ldi. Endi u ilova ichida turli his-tuyg‘ularni ifodalaydi, qiyofasini o‘zgartiradi va har bir safarda yo‘lboshchilik qiladi.

Yangilangan vizual uslub sun’iy intellekt bilan ishlashga ham moslashtirilgan: brendbuk tasvirlar va vizual elementlarni generatsiyalash uchun maxsus promptlarni o‘z ichiga oladi. O‘zgarishlar Uklon raqamli mahsulotlarida allaqachon mavjud. Rider App ilovasining asosiy ekranida foydalanuvchilar ekotizimning barcha mahsulot va xizmatlarini ko‘rishlari mumkin, Driver App ilovasi esa brendning yagona qora-sariq rangiga qaytmoqda. Yangilanishlarni joriy etish davom etadi. Xususan, yangicha dizaynni brending qilingan avtomobillar va tashqi reklamalarda ko‘rish mumkin.

Uklon — bu avtomobil chaqirish bo‘yicha shu nomdagi onlayn servisni yaratgan, mahsulot va xizmatlar ko‘rsatuvchi IT kompaniya. 2025-yilning aprel oyidan boshlab kompaniya korporativ huquqlarining 97% i Ukrainadagi eng yirik elektron kommunikatsiyalar operatori sanalgan Kyivstar’ga tegishli. Kyivstar 160 mlndan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatuvchi VEON xalqaro raqamli operatorlar guruhiga kiradi. Veon telekommunikatsiya, yo‘lovchi tashish servisi, striming, tibbiy texnologiyalar, fintex va boshqa sohalarda xizmatlar ko‘rsatadi. Veon aksiyalari Nasdaq birjasida savdoga qo‘yilgan.
I AM IDEA — biznes, madaniyat va davlat sektori uchun strategik hamda kreativ yechimlar yaratuvchi mustaqil kreativ agentlik. U 2024-yilda Forbes Next 250 istiqbolli kichik va o‘rta biznes reytingidan o‘rin olgan.
Reklama huquqlari asosida.