Oltin ko‘p yillardan beri kapitalni uzoq muddatga saqlashning eng talabgir vositalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Kumush ham zargarlik sohasi, elektronika, sanoat va zamonaviy texnologiyalarda keng qo‘llanilishi sababli investitsiyalar uchun jozibador hisoblanadi.

Qimmatbaho metallarga mablag‘ kiritish, ayniqsa, uzoq muddatga sarmoya qilishni rejalashtirayotganlar uchun jamg‘armalarni saqlash va taqsimlashning qo‘shimcha usuli bo‘lishi mumkin.

APEX mobil ilovasi yordamida mijozlar oltin va kumushni bevosita xarid qilish va saqlash zaruratisiz, ularni mustaqil ravishda sotib olishi hamda sotishi mumkin. Bunda oltin savdosi 1 grammdan boshlanadi, bu esa qimmatbaho metallarga sarmoya kiritish imkoniyatini yanada kengaytiradi.

Shu bilan birga, oltin va kumush narxi jahon bozoridagi vaziyatga qarab o‘zgarishi, ya’ni oshishi yoki pasayishi mumkin. Shuning uchun sarmoya kiritishda ehtimoliy xatarlar va shaxsiy moliyaviy maqsadlarni hisobga olish muhim.

APEX BANK mijozlarga o‘z mablag‘lari va jamg‘armalarini qulay boshqarish imkonini beruvchi raqamli xizmatlarni rivojlantirishda davom etmoqda.

Mobil ilovani havola orqali yuklab olish mumkin.

Telefon: 1881.

Sayt:apexbank.uz
Instagram:@apexbank.uz
Linkedin:linkedin.com/apexbankuz

Reklama huquqlari asosida.