25 yillik tajribaga ega Agromir kompaniyasi Toshkent shahri yaqinidagi Nazarbek hududida amalga oshirilayotgan OLAM turar joy majmuasini keng jamoatchilikka taqdim etadi. 27-noyabr kuni soat 20:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn taqdimotda kompaniyaning faoliyati, yangi loyihaning konsepsiyasi, imkoniyatlari hamda xaridorlar uchun maxsus tijorat takliflari haqida ma’lumot beriladi.

agromir, reklama

Agromir: 25 yillik tajriba va yirik loyihalar

2001-yilda tashkil etilgan Agromir kompaniyasi oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida faoliyat yuritadi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda uning jamoasi qariyb 12 ming kishidan iborat.

Qurilish yo‘nalishida 25 yillik faoliyati davomida kompaniya 26 mingdan ortiq xonadonni foydalanishga topshirgan, 340 dan ziyod turar joy binosini barpo etgan. Amalga oshirilgan loyihalarning umumiy maydoni 2 million kvadrat metrdan oshadi.

agromir, reklama

Agromir’ning qurilish loyihalari Samarqand, Qo‘qon, Qashqadaryo, Buxoro va Navoiy kabi hududlarni qamrab olgan. Shuningdek, kompaniya Sharq Bahori loyihasida hamda Yangi Toshkent loyihasida ishtirok etmoqda.

Kompaniya oziq-ovqat yo‘nalishida ham GARDI, Bliss, Bliss Lite, Meva, Win Water, Marinelle, Ficha va Bliss Smile kabi brendlarni rivojlantirib kelmoqda.

agromir, reklama

OLAM — 16 gektarlik turar joy majmuasi

Agromir’ning yangi OLAM loyihasi Toshkent shahri yaqinidagi Nazarbek hududida, “O‘rikzor”, “Abu Saxiy” va “Bek Baraka” bozorlari atrofida joylashgan.

16 gektar maydonda barpo etilayotgan majmua turar joy binolari bilan bir qatorda, aholining kundalik ehtiyojlariga xizmat qiluvchi infratuzilmani ham qamrab oladi.

Loyiha doirasida bir gektarlik markaziy park, 600 o‘rinli maktab, 250 nafar bolaga mo‘ljallangan bog‘cha, bolalar maydonchalari, sport zali, tibbiyot klinikalari va supermarketlar qurilishi rejalashtirilgan.

agromir, reklama

Shuningdek, majmuada 3 mingdan ortiq avtomobil uchun avtoturargoh joylari, jumladan, 850 o‘rinli yetti qavatli alohida avtoturargoh binosi ko‘zda tutilgan.

Xavfsizlik va boshqaruv tizimlarida 24/7 videokuzatuv, yagona dispetcherlik tizimi hamda Face ID texnologiyasidan foydalanish rejalashtirilgan.

agromir, reklama

Xonadonlar narxi va xarid imkoniyatlari

Kompaniya taqdim etgan dastlabki tijorat takliflariga ko‘ra, OLAM loyihasida bir xonali xonadonlar 13 300 dollardan, ikki xonali xonadonlar esa 16 900 dollardan boshlanadi. To‘liq to‘lov asosida xarid qilinganda bir kvadrat metr narxi 499 dollardan boshlanishi bildirilgan.

Xaridorlar uchun muddatli to‘lov imkoniyatlari ham mavjud. 16 oylik bo‘lib to‘lash shartlariga ko‘ra:

  • bir xonali xonadon: 29 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov va oyiga 2,9 mln so‘m;
  • ikki xonali xonadon: 39 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov va oyiga 3,9 mln so‘m;
  • uch xonali xonadon: 49 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov va oyiga 4,9 mln so‘m.

agromir, reklama

Ushbu taklifda qolgan summa kadastr hujjatlari rasmiylashtirilganidan keyin to‘lanadi. Shuningdek, 36 oygacha bo‘lib to‘lash imkoniyatlari ham mavjud.

Kompaniya xonadonlarni 16 oy ichida topshirishni rejalashtirgan. Belgilangan muddat buzilgan taqdirda, shartnoma shartlariga muvofiq xaridorlarga 20% gacha jarima to‘lash majburiyatini olishga tayyorligini bildirgan.

Agromir onlayn taqdimotga taklif qilmoqda

27-noyabr kuni soat 20:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn taqdimotda Agromir kompaniyasining 25 yillik tajribasi, amalga oshirgan loyihalari va OLAM majmuasining imkoniyatlari kengroq tanishtiriladi.

Taqdimotning muhim qismi xaridorlar uchun tayyorlangan maxsus tijorat takliflariga bag‘ishlanadi. Unda xonadonlar narxi, boshlang‘ich to‘lovlar, muddatli to‘lov shartlari va manfaatli xarid imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Sana: 27-noyabr soat 20:00 da onlayn taqdimot.

Jonli efirni quyidagi rasmiy sahifalarda kuzatish mumkin:

Xonadonlar narxi va tijorat takliflari kompaniyaning amaldagi shartlariga muvofiq o‘zgarishi mumkin. Yakuniy xarid shartlari shartnomada belgilanadi.

Telefon: (+998) 55−055−99−99.

Reklama huquqlari asosida.