«namangan» tegli maqolalar
14 avgust 2026, 16:29 Transport
Nordwind Airlines Qozondan Samarqand va Namanganga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Har ikki yo‘nalish bo‘yicha parvozlar haftasiga bir marta: Samarqandga payshanba, Namanganga esa yakshanba kuni amalga oshiriladi.
7 avgust 2026, 18:24 Qonunchilik
Namangan shahri sobiq hokimi 11 yilga qamaldi
Anvarjon Otaxodjayev pora olish, firibgarlik, mansab vakolatini suiiste‘mol qilish va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topildi.
23 iyun 2026, 15:52 Iqtisodiyot
Yangi Namanganda $117 mlnlik IT-park qurilishiga start berildi
Xitoy bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyiha natijasida majmuada 2 mingga yaqin yoshlar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratiladi.
23 iyun 2026, 11:14 Transport
Namangan aeroportidagi $175 mlnlik yangi terminal 2026-yil oxirigacha ishga tushiriladi
Yangi terminal soatiga 1,2 ming, yiliga esa 3 mln nafardan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
5 may 2026, 17:15 Iqtisodiyot
Namangan aeroportining yangi yo‘lovchi terminalini iyun oyi oxirida ochish rejalashtirilmoqda
Xususiy sherik tomonidan loyihaga kiritilgan sarmoya qariyb $70 mlnni tashkil etdi.
23 aprel 2026, 15:30 Qonunchilik
Namanganda qurilish ruxsatnomasi uchun $22 ming so‘ragan shaxslar ushlandi
Viloyat qurilish boshqarmasining ikki xodimi tadbirkorga tegishli binoga tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berishni va‘da qilgan. Aprel oyi boshida Qurilish vazirligi bosh mutaxassisi ham pora bilan ushlangandi.
11 aprel 2026, 17:48 Biznes
Hindiston kompaniyasi Namangandagi loyihalarga $50 mln sarmoya kiritmoqchi
Farmatsevtika va diagnostika sohasidagi investitsiya loyihalarini 2026−2028-yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.
31 mart 2026, 20:58 Iqtisodiyot
Qamchiq dovonida Mountain Resort xalqaro tog‘ dam olish zonasi quriladi
Nanayda esa sun‘iy ko‘l barpo etiladi. Namanganda 15 ming o‘rinli bog‘cha tashkil etilib, ko‘p tarmoqli shifoxona rekonstruksiya qilinadi.
31 mart 2026, 18:45 Iqtisodiyot
$5 mlrd investitsiya, “aqlli shahar” va qishloq xo‘jaligi: Namangan 2026-yili qanday rivojlantiriladi?
Viloyat eksporti $1,2 mlrdga yetkazilib, ishsizlik 3,5% gacha kamaytiriladi. Qiymati $20 mlnlik IT-park binosi barpo etiladi.
31 mart 2026, 10:32 Qonunchilik
Namanganda soliq inspeksiyasi xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Soliq qarzini noqonuniy bartaraf etishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Holatga bosh inspektor ham aloqador ekani aniqlangan.
24 mart 2026, 19:13 Biznes
Namanganda qiymati $150 mlnlik Arashan Resort dam olish maskanini qurish ishlari boshlandi
Majmua tarkibida 12 ta mehmonxona, etno-park, chang‘i yo‘laklari va ziplayn bo‘ladi. Bu yerda yiliga 900 mingdan ortiq kishi dam olishi mumkin.
17 mart 2026, 19:56 Iqtisodiyot
Soliq qo‘mitasi Namanganda soliq qarzi uchun elektr to‘lovi cheklanishi bo‘yicha izoh berdi
Qarzdorlik uchun elektr o‘chirilmaydi, faqat to‘lovlarga vaqtinchalik cheklov qo‘yiladi. Bu tizim ayrim toifalarga tatbiq etilmaydi.
4 mart 2026, 15:34 Qonunchilik
Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgani maʼlum bo‘ldi
Raqobat qo‘mitasi viloyatdagi ayrim dorixonalar dorilarni referent narxlardan yuqori sotganini aniqladi.
20 fevral 2026, 16:49 Qonunchilik
90 mln so‘m va $23 ming: ikkita hududda hokim o‘rinbosari va yordamchisi pora bilan ushlandi
Jarqo‘rg‘onda hokim o‘rinbosari 9 gektar yerni ijaraga berish evaziga pul talab qilgan, Chustda esa hokim yordamchisi 20 sotix yerni o‘zgaga sotmoqchi bo‘lgan.
6 fevral 2026, 17:11 Qonunchilik
Namanganda fuqarolarni xorijga ishga yubormoqchi bo‘lgan konsalting firma vakillari ushlandi
Gumonlanuvchilar fuqarolarni Janubiy Koreya va Latviyaga ishga yuborish uchun jami $3,5 ming olgan.
29 dekabr 2025, 16:45 Qonunchilik
Yangi Namangan, Uychi, Shirin va Boyovut tumanlari hokimlari o‘zgardi
Shuningdek, Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.
23 dekabr 2025, 17:36 Transport
Namanganga 30 ta avtobus olib kelindi. Foto
Avtobuslar yaqin kunlarda eng muhim yo‘nalishlarda harakatni boshlaydi.
5 dekabr 2025, 14:38 Biznes
Xitoy kompaniyasi Yangi Namanganda $750 mlnlik turar-joy majmuasi qurilishini boshladi
Loyiha doirasida turar-joylar, biznes markaz, besh yulduzli mehmonxona, savdo va dam olish maskanlari barpo etiladi.
2 dekabr 2025, 12:17 Iqtisodiyot
China Everbright Namanganda chiqindi yoqish zavodi qurilishini boshladi
Zavod kuniga 1500 tonna chiqindini utilizatsiya qilishga mo‘ljallangan. Uni 2027-yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
1 dekabr 2025, 12:38 Iqtisodiyot
Aholining 1 mln so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi elektr energiyasining billing tizimi orqali undiriladi
Bu bo‘yicha Namanganda sinov o‘tkazilib, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorlikni undirishning yangi mexanizmi joriy etiladi.