Namanganda qurilish sohasida korrupsion holat aniqlandi, deb xabar berdi DXX xabar berdi.

Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining ikki nafar bosh mutaxassisi o‘zaro til biriktiradi.

Ular mahalliy tadbirkorga tegishli Yangi Namangan tumanida joylashgan 2 qavatli noturar binoning qurilish ruxsatnomasi, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i va loyiha hujjatlarini ijobiy hal qilib berishni vaʼda qiladi.

Ular bu ish evaziga $22 ming talab qilib, joriy yilning mart oyida $7 ming oladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda ulardan biri qolgan $15 mingni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, ikkinchi bosh mutaxassis ham protsessual tartibda qo‘lga olindi.

Aprel oyi boshida Qurilish vazirligi bosh mutaxassisi $1500 bilan ushlangandi.


Spot, avvalroq, O‘zbekistonda yirik obyektlar qurilish muddatini 3 yilgacha uzaytirish taklif etilgani haqida yozgandi.