«O‘zbekiston respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonga muvofiq xorijga chiqish uchun ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish tartibi bekor qilinib, «O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi joylashtirilgan.
Loyihada keltirilishicha, fuqarolarda 2 ta pasport va ID karta bo‘lishi mumkin:
- biometrik pasport — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini va egasining shaxsini tasdiqlovchi, elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan hujjat;
- fuqaroning xorijga chiqish uchun biometrik pasporti — xorijga chiqish va mamlakatimiz hududiga kirish, shuningdek xorijda bo‘lish paytida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini va egasining shaxsini tasdiqlovchi, elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan hujjat.
- identifikatsion elektron karta (ID-karta) — shaxsni respublika hududida tasdiqlaydigan hujjat bo‘lib, u har bir fuqaroning individual raqami va shaxsiy ma’lumotlariga ega bo‘ladi.
«Xorijiy pasport» yoshga qarab quyidagi muddatga beriladi:
- tug‘ilgan kundan 1 yoshgacha — 2 yil;
- 1 yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil;
- 16 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil.