10 sentyabrdan 30 sentyabrga qadar Toshkent shahar telefon tarmog‘ida 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Bu haqida O’zbektelekom matbuot xizmati xabar berdi.

Bugungi kunda mavjud telefon raqamini terishdan oldin “71” kodini terish kerak.

  • Eski raqam 278xxxx
  • Yangi raqam 71 278xxxx

10−11 sentyabrda “BUZTON”, “EAST TELECOM”, “SARKOR TELECOM”, “SHARQ TELECOM” operatorlar tarmog‘ida 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.

Telefon raqamini terishdan oldin “78” kodini terish kerak.

Misol uchun:

  • Eski raqam “BUZTON” 120xxxx, yangi raqam — 78 120xxxx
  • Eski raqam “EAST TELECOM” 150xxxx, yangi raqam — 78 150xxxx
  • Eski raqam “SARKOR TELECOM” 122xxxx, yangi raqam — 78 122xxxx
  • Eski raqam “SHARQ TELECOM” 113xxxx, yangi raqam — 78 113xxxx

Mobil telefon raqamini terishdan oldin uyali kompaniyaning kodini terish kerak

Misol uchun:

Beeline

  • Eski raqam 956xxxx — yangi raqam 90 956xxxx
  • Eski raqam 132xxxx — yangi raqam 91 132xxxx

UMS

  • Eski raqam 426xxxx — yangi raqam 97 426xxxx

Perfectum

  • Eski raqam 115xxxx — yangi raqam 98 115xxxx

Uzmobile

  • Eski raqam 899xxxx — yangi raqam 99 899xxxx
  • Eski raqam 195xxxx — yangi raqam 95 195xxxx

UCELL

  • Eski raqam 381xxxx — yangi raqam 93 381xxxx
  • Eski raqam 630xxxx — yangi raqam 94 630xxxx