Samarqand davlat chet tillari institutida Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining telegramdagi rasmiy kanalida ma’lumot berildi.

“Uchrashuvda Samarqand shahrida „Fransuz Alyansi“ markazini tashkil etish, Fransiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.

“Fransuz Alyansi” markazida:

  • barcha yoshdagi fransuz tiliga qiziquvchi o‘quvchi va talabalarga fransuz tili va adabiyotini o‘rgatish bo‘yicha kurslar tashkil etish;
  • bilim darajasini belgilovchi testlar o‘tkazish va sertifikatlar taqdim etish;
  • yoshlar teatri, fransuz milliy musiqa san’ati va boshqa madaniy yo‘nalishlarda faoliyat olib borishi rejalashtirilmoqda.