Toshkent shahrining Yangihayot tumanida maxsus sanoat zonasini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun barpo etilgan 110 kV kuchlanishli yangi “Yangi avlod” podstansiyasi foydalanishga topshirildi.
Loyiha doirasida har birining quvvati 80 ming kVA bo‘lgan ikkita kuch transformatori o‘rnatildi, 35−110 kV kuchlanishli uskunalar montaj qilindi hamda zarur muhandislik infratuzilmasi yaratildi.



Loyiha Uzbekenergotamir tomonidan O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida amalga oshirildi va Toshkent sanoat infratuzilmasining kelgusidagi rivoji uchun ishonchli energetik asos yaratishga xizmat qiladi.




Batafsil ma’lumotni havola orqali olish mumkin.
Cayt: uzbekenergotamir.uz
Instagram: @uzbekenergotamir.uz
Telegram: t.me/uzbekenergotamir_uz
YouTube: @uzbekenergotamir
Reklama huquqlari asosida.






