“O‘zavtosanoat” AJ GM Uzbekistan “Shaxrixon-Avto Ravon” AJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qilganini ma’lum qildi.

Kelishuvni bekor qilinishiga quyidagilar:

  • dilerlik markazi tomonidan tizimli ravishda kelishuv shartlarining buzib kelinishi;
  • GM Uzbekistan avtomobillari savdosida shaffoflikning mavjud emasligi;
  • ish jarayonida korrupsiyaga yo‘l qo‘yishlik, avtomobillarni sun’iy bronlash;
  • xaridorlar o‘rtasida talab katta bo‘lgan avtomobillarni “yopiq garajlarda” saqlanishi;
  • rasmiy narxlarning ochiq ma’lumot tarzida mavjud emasligi;
  • shartnoma tuzish uchun mavjud bo‘lgan avtomobillar haqida yolg‘on ma’lumotlar berilishi;
  • faoliyat yuritmaydigan koll-markaz, xodimlarning dilerlik markazlari standartlariga nomunosibligi sabab bo‘ldi.

“Kompaniya ana shunday qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yayotgan dilerlik markazlarini aniqlash borasida ishlarni davom ettiradi”, deyiladi xabarda.

Kompaniya dilerlik markazlarida ana shunday qonunga hilof holatlarning guvohi bo‘lsangiz yoki sizdan avtomobil uchun qo‘shimcha pul talab qilishsa, darhol 71 141 77 77 raqamlari orqali GM Uzbekistan koll-markaziga yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining 10−07 yagona ishonch raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raydi.

Ilgari Spot GM Uzbekistan 10 181 ta arizani bekor qilgani haqida xabar bergan edi.