“O‘zavtosanoat” AJ raisining Asaka shahridagi GM Uzbekistan zavodiga tashrifi chog‘ida ishlab chiqarishdagi bir qator xodimlarning ishlarida jiddiy kamchilik va xatolar borligi aniqlandi, deb yozadi kompaniya matbuot xizmati.

“Ular ko‘p vaqt o‘z mansablarida bo‘lishgan va faoliyatlari davomida ishlab chiqarishni oldinga siljishiga yo‘l bermagan va ziyon ko‘rishiga sabab bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Xabarga ko’ra, ushbu xodimlar ishdan ozod etildi, ularning o‘rniga avtosanoatning yangi konsepsiyasini qo‘llab quvvalaydigan, avvalgi xodimlarning xatolari ustida tegishli choralar ko‘ra oladigan hamda oldiga qo‘yilgan vazifani amalda xaqqoniy va sifatli bajara oladigan malakali va intiluvchan mutaxassislar hozircha vaqtinchalik vazifa bajaruvchi sifatida tayinlandi.

Yangi tayinlovlar:

  1. Azimov Alisher Mirabbasovich — umumiy masalalar bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari v.b., 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, iqtisodchi-menedjer, tizimdagi ish tajribasi 7 yil;
  2. To‘xtaboyev Akramjon Xoshimjonovich — ishlab chiqarish bo‘yicha bosh direktor v.b., 1973 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan, muhandis-tizimtexnigi, tizimdagi ish tajribasi 23 yil;
  3. Akbarov Kozimjon Komiljonovich — kommunal xizmat ko‘rsatish va kapital qurilish direksiyasi direktori v.b., 1965 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan, muhandis-mexanik, tizimdagi ish tajribasi 10 yil;
  4. Abdurahmonov Dilshodbek Avazovich — muhandislik mahsuloti va yetkazib beruvchilar sifati direksiyasi direktori v.b., 1981 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan, avtomatlashtirish va texnologik jarayonlarni boshqaruvi, tizimdagi ish tajribasi 13 yil;
  5. Turaqulov Elyor Baxtiyorovich — global xaridlarni boshqarish bo‘yicha direktor v.b., 1987 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan, menedjer, tizimdagi ish tajribasi 8 yil;
  6. Mamadaliyev Alisher Muradilovich — muhandislik mahsuloti va yetkazib beruvchilar sifati direksiyasi direktori o‘rinbosari v.b., 1988 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan, iqtisodchi, tizimdagi ish tajribasi 8 yil;
  7. Mamadjanov Anvarjon Mamadjanovich — transport orqali yuk tashish bo‘limi boshlig‘i v.b., 1972 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, muhandis iqtisodchi, tizimdagi ish tajribasi 8 yil;
  8. Murodov Akmal Boyqobilovich — ish boshqaruvchi v.b., 1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, menedjer, tizimdagi ish tajribasi 6 yil;
  9. Shonazarov Shavkat Shuhratovich — presslash sexi boshlig‘i v.b., 1990 yilda Navoi shahrida tug‘ilgan, mashinosozlik muhandisi, tizimdagi ish tajribasi 4 yil;
  10. Musayev Abduraxim Pataxovich — bosh direktor maslahatchisi v.b. — markaziy yuklash maydoni rahbari, 1969 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, iqtisodchi, yurist, tizimdagi ish tajribasi 8 yil.

Ilgari Spot GM Uzbekistan “Shaxrixon-Avto Ravon” AJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qilgani haqida xabar bergan edi.