“GM Uzbekistan"ning Xorazm viloyati filialidagi kadrlar tarkibida o’zgarishlar ro’y berdi, deb yozadi kompaniya matbuot xizmati.

“O‘zavtosanoat” AJ “GM Uzbekistan"ning Xorazm viloyati Pitnak shahrida joylashgan filialida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida tizimli ravishda jiddiy kamchilik va xatolarga yo‘l qo‘ygan filialning bir qator xodimlari o‘z lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, ayrim xodimlar yangi lavozimlarga o‘tkazildi, boshqalari esa bo‘sh ish o‘rinlariga tayinlandi. Muhim lavozimlarga esa sifatli va yuqori standartlar darajasida bajara oladigan kompaniyaining xodimlari tayinlandi.

Yangi tayinlovlar:

  • Nazarov Dilshodbek Saparbayevich — Xarid va mahalliylashtirish bo‘limi xarid seksiyasi boshlig‘i;
  • Xusainbekov Utkirbek Radjabbayevich — transport xizmat ko‘rsatish seksiyasi boshlig‘i;
  • Kurbanbayev Rasulbek Azatovich — Markaziy yuklash maydoni menedjeri.

Ilgari Spot Asakadagi GM Uzbekistan zavodining 10 nafar xodimi o’zgartirilgani haqida xabar bergan edi.