Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Vohidov ko‘chasi 60 uyda birinchi mehmon uyi ochildi, deb yozadi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingandan so’ng O’zbekistonda ilk oilaviy mehmon uylari o‘z faoliyatini boshladi.

Joriy yilning 25 sentyabr holatiga ko‘ra, respublikada 23 ta oilaviy mehmon uyi ro‘yxatga olindi. Mazkur oilaviy mehmon uylari asosan Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida ochilgan edi. Endilikda Toshkentda ham ilk mehmon uyi faoliyati boshlandi.

Mehmon uylarida uy egasining oila a’zolari bilan birga yashash tamoyili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchiga 3 m² hisobidan to‘g‘ri keladigan zaruriy turar-joy maydoniga ega bo‘lgan xususiy uy-joy hisoblananishi belgilangan.

Havola orqali O‘zbekistonda oilaviy mehmon uyini qanday ochish mumkinligi haqida ma’lumotga ega bo’lasiz.