Xitoyning Xanchjou shahrida dunyodagi sun’iy intellekt ishtirokidagi birinchi yangiliklar taqdim etildi. Bu haqda “RADII China” xabar berdi.

Sun’iy intellekt sohasidagi so’nggi texnologiyalar asosida yaratilgan televidenie boshlovchisining ovozi, yuzi, imo-ishorasi haqiqiy odamniki singaridir. “U” mustaqil ravishda eshittirishni o’rganadi va matnlarni professional axborot tarqatuvchi sifatida o’qiy oladi.

Teleboshlovchi “Xinhua” axborot agentligi, Xitoyning rasmiy matbuot vakili va Xitoy qidiruv kompaniyasi Sogou.com bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

“Xinhua” ma’lumotiga ko’ra, sun’iy boshlovchi agentlikning hisobot guruhining a’zosi bo’lib, rasmiy veb-saytda va ijtimoiy tarmoqlardagi platformalarda kuniga 24 soat ishlashi mumkin, bu esa yangiliklar chiqarish va samaradorlikni oshirish imkonini beradi.

“Sintezlangan ovoz bilan sinxronlangan virtual taqdimotchilar yordamida agentlik jonli efir xizmatiga ehtiyoj sezmasdan, har kuni soatiga yangiliklar chiqarishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, yozilishicha, “Xinhua” sun’iy ikki kishini yaratgan: birinchisi xitoy, ikkinchisi ingliz tilida yangiliklar o’qiydi.