Endi Uzcard karta hisobini pul mablag‘i bilan to‘ldirish uchun unga xizmat ko‘rsatayotgan bankga bormasdan cash-in funksiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi yangi bankomatlar orqali to’ldirish mumkin. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“NCR SelfServ 6632 rusumidagi yangi bankomatlar orqali Uzcard kartangizni mustaqil ravishda pul mablag‘i bilan to‘ldirish imkoni yaratilgani, uning qulayligidan biridir”, deyiladi xabarda.

Cash-in va cash-out funksiyalaridan tashqari, ushbu bankomatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el valyutasini mahalliy pul birligiga konvertatsiya qilish imkoniyati yaratilgan.

Valyutalar kursi esa, komissiya to‘lovlarisiz ushbu bankomatga xizmat ko‘rsatayotgan bank tomonidan o‘rnatiladi.

Bankomatlarga quyidagi banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda:

  • Agrobank
  • Xalq banki
  • Ravnaq-bank
  • KDB
  • Hi-Tech bank