O‘zbekistonning Parij bitimiga qo‘shilishi munosabati bilan ekologik va “yashil iqtisodiyot"ga o‘tish bo‘yicha davlat strategiyasini ishlab chiqiladi. Bu haqda 2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida keltirilgan.

Loyihada:

  • iqlim o‘zgarishiga qarshi tizimli kurashishning ilg‘or mexanizmlarini joriy qilish;
  • yashil iqlim jamg‘armasining resurslariga yo‘l ochish;
  • iqtisodiyotning barcha sohalariga, jumladan ishlab chiqarishga “yashil texnologiyalarni” joriy qilish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2019 yil 1 iyulga qadar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, TIV, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan ishlab chiqiladi.