Uzum Tezkor tadbirkorlar uchun kuryerlar va platforma infratuzilmasidan foydalanish imkonini beruvchi xizmatni rivojlantirmoqda. Yangi xizmatni kompaniyalarning amaldagi servisi va ish jarayonlariga qulay integratsiya qilish mumkin. Hozirda yetkazib berish xizmatidan restoranlar foydalanmoqda. Shuningdek, Uzum Market sotuvchilari ham undan tovarlarni marketpleys omboriga yoki buyurtmalarni topshirish punktiga yetkazib berish uchun foydalanishlari mumkin.
Restoranlar uchun yetkazib berish
Endilikda restoranlar o‘z kanallari — qo‘ng‘iroq, Telegram, ilova yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali qabul qilingan buyurtmalarini yetkazib berish uchun Uzum Tezkor kuryerlarini jalb qilishlari mumkin.
Buyurtma rasmiylashtirilgandan so‘ng, restoran Uzum Tezkor’ning yangi xizmati orqali yetkazib berishni tanlaydi. Ma’lumotlar avtomatik ravishda tizimga uzatiladi, kuryer uchun topshiriq shakllantiriladi. Mijozga yetkazib berishni kuzatish uchun havola yuboriladi va u istalgan vaqtda Uzum Tezkor interfeysida buyurtma holatini ko‘rishi mumkin. Yetkazib berish jarayonida savollar yuzaga kelsa, mijoz kuzatuv sahifasidan Uzum Tezkor’ning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi mumkin.
Kuryerlar buyurtmalarni mijozning eshigigacha yetkazib beradilar va tayyor taomlarni tashish uchun termosumkalardan foydalanadilar. Hozirda restoranlar uchun yechim Uzum Tezkor faoliyat yuritayotgan 13 ta shaharda mavjud.
“Tadbirkorlar uchun shartlarning oldindan aniq va tushunarli bo‘lishi, shuningdek, asosiy e’tiborni biznesni rivojlantirishga qaratish imkoniyati muhim. Shu sababli Uzum Tezkor hamkorlari uchun xizmatini ish jarayonlariga oson integratsiya qila oladigan etib rivojlantirmoqda. Xizmatning asosiy afzalliklaridan biri — ob-havo va yo‘l sharoitidan qat’i nazar barqaror qoladigan shaffof tariflash modelidir. Biz restoranlar xizmatdan nafaqat mijozlarga buyurtmalarni yetkazib berish, balki boshqa logistika vazifalarini hal qilish uchun ham foydalanayotganini ko‘ryapmiz. Masalan, mahsulotlar yoki ayrim tovarlarni filiallar o‘rtasida tashish uchun”, — deya qo‘shimcha qildi Uzum Tezkor biznesni rivojlantirish bo‘limi rahbari Ilya Tolmachev.
Uzum Market sotuvchilari uchun logistika
Ekotizim servislarining integratsiyasi Uzum Market sotuvchilari uchun ham qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi. Ular Uzum Tezkor kuryeri orqali tovarlarni o‘z ombori va do‘konidan buyurtmalarni topshirish punktiga yoki Uzum Market omboriga yetkazib berishlari mumkin. Ariza sotuvchining shaxsiy kabineti orqali rasmiylashtiriladi, shuning uchun odatdagi ish jarayoni doirasida tashishni tashkil etish mumkin.
Har bir jo‘natma qo‘shimcha ravishda sug‘urtalanadi, bu esa sotuvchilar uchun xavflarni kamaytiradi. Yetkazib berish avtomobilda harakatlanadigan kuryerlar tomonidan amalga oshiriladi. Tarifga sotuvchiga mahsulotlarni yuklash uchun zarur bo‘lgan bepul kutish vaqti ham kiritilgan.
“Servislarning integratsiyasi sotuvchilarga mahsulotlarni tashish uchun tushunarli va shaffof yechimni taqdim etadi: aniq tariflar, jo‘natmani sug‘urtalash va tanish interfeys. Xizmat sotuvchining shaxsiy kabinetiga integratsiya qilingan, sotuvchilar esa foydalanishni boshlashdan oldin maxsus tayyorgarlikdan o‘tadilar. Uzum Market sotuvchilari uchun xizmat yaqinda ishga tushirilgan bo‘lsa-da, hozirning o‘zida 800 dan ortiq sotuvchi unga ulangan. Bu xizmatga talab yuqori ekanini ko‘rsatadi”, — deya qo‘shimcha qildi Uzum Market operatsion va biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Daniil Lebedev.
Hozirda xizmat faqat Toshkent shahrida ishlaydi. Kelgusida Uzum Tezkor xizmat geografiyasini kengaytirish va biznes uchun undan foydalanishning yangi imkoniyatlarini rivojlantirishda davom etadi.
Reklama huquqlari asosida.