Markaziy bank O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida ma’lumot berdi (2019 yil 1 yanvar holatiga ko’ra).

Yalpi oltin-valuta zaxiralari 27 mlrd. $ ni tashkil etdi (dekabrda bu ko’rsatkich 25,9 mlrd. $ ni tashkil etgan edi). Ularning xorijiy valyutadagi aktivlari 12,4 mlrd. $ (bir oy oldin 11 mlrd. $) ni tashkil etdi.

Monetar oltin 14,6 mlrd. $ ni tashkil etgan (dekabrda bu ko’rsatkich 14,9 mlrd.). Sof oltin-valyuta zahiralari esa 26,3 mlrd. $ ni tashkil etdi (dekabr oyida bu bu ko’rsatkich 25,2 mlrd. $ ni tashkil etgan).

2018 yil yanvar-dekabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1281,65 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri — 160,7 mln.doll.).

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.