2019-yilda Lada Lotin Amerikasi va Yaqin Sharq uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobillar eksportini rivojlantiradi, deya ta’kidladi “АвтоВАЗ” ning savdo va marketing bo’yicha vitse-prezidenti Yan Ptachok, deb xabar beradi “Метагазета”.

"Avvalambor, Qozog’iston, Belarus va O’zbekiston kabi MDH mamlakatlariga e’tibor qaratmoqchimiz", deydi Yan Ptachok.

Uning so’zlariga ko’ra, MDH mamlakatlarida brendni rivojlantirish uchun juda katta salohiyat mavjud.

Joriy yil boshida ma’lum bo’lishicha, 2018 yilda O’zbekistondagi Lada avtomobillarining sotuvi 357% ga ortib, qariyb 3 ming avtomobil o’z egalarini topgan.

Ilgari Kompaniyada Lada O’zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirishni rejalashtirayotgani va O’zbekiston LADA eksportining eng jadal rivojlanayotgan davlatlardan biri ekani ta’kidlangan edi.