18 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida AQSHning Vebster universiteti vitse-prezidenti rahbarligidagi delegatsiya qabul qilindi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Muzokaralarda Toshkent shahrida AQSHning Vebster universiteti filialini tashkil etish va 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarni qabul qilinishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Vebster universiteti delegatsiyasi Bitimda belgilangan vazifalar hamda Toshkent shahrida Vebster universiteti filialini tashkil qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish maqsadida joriy yil 18−21 fevral kunlari O’zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi.

Tashrif jarayonida AQSH delegatsiyasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlari hamda boshqa OTMlarga tashrif buyuradi.

Ilgari Spot Vebster universitetining Loyiha boshqaruvi mutaxassisligida tahsil olish uchun hujjatlar qabuli boshlangani haqida xabar bergan edi.

Webster universiteti AQShning Missuri shtati Sent-Luisdagi o‘zining asosiy kampusiga ega bo‘lib, bir-birlari bilan va butun dunyodagi jamoalari bilan yaqin aloqada bo‘lgan o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar va bitiruvchilarning global miqyosdagi harakat yo‘nalishini qamrab oladi. Webster universitetiga 1915-yilda asos solingan. Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 13 mingdan ortiq talabalarga ega, xususiy, notijorat universiteti hisoblanadi. Webster universitetining asosiy maqsadi talabalarni yuqori sifatli ta’lim tajribalari bilan global fuqarolikka va shaxsiy yuksaklikka yetishtirishdir.