O’zbekiston Qozog’istondagi kiyim-kechak importi bo’yicha birinchi o’rinni egalladi. Bu haqda “LS” ma’lum qildi.

2018 yilda qo’shni mamlakat 512,3 million $lik 34,5 ming tonna kiyim-kechak import qildi. Import hajmi 4,9%ga pasayib, mablag' esa 5,5%ga oshdi.

Kiyim-kechaklarning aksariyat qismi O’zbekistondan kelgan (10,1 ming tonna, 18,4 mln $), 2017 yilda Xitoy kiyim yetkazib berish bo’yicha yetakchilik qilgan edi.

Shu bilan birga, O’zbekiston kiyimlari Xitoynikiga nisbatan bir necha marotaba arzonroqdir, chunki Xitoy, hajm jihatidan kamroq kiyim yettkazib bergan (8,5 ming tonna) bo’lsa-da, mablag' jihatdan esa 83,5 million $ ni tashkil etdi.

Rossiya yil davomida 6,2 ming tonna (158,2 mln $), Turkiya — 4,6 ming tonna (98,5 mln $), Bangladesh — 1,9 ming tonna (42,9 mln $), Qirg’iziston — 1 ming tonna (3 mln $), Eron — 228,7 tonna (133,9 ming $) mahsulot yetkazib berdi.