Shahar tashkilotlarining to’liq biznes-katalogini va batafsil 3D xaritasini o’z ichiga olgan ilovalar dasturchisi 2GIS xalqaro IT kompaniyasi O’zbekistondagi xodimlarni ishga olishni boshladi. Bu haqda HeadHunter ma’lumotlari dalolat beradi.

Kompaniya ma’lumotni yangilash uchun tashkilotlarga qo’ng’iroq qiladigan call-markaz operatorlarini qidirmoqda.

Servis orqali qanday firmalar u yoki bu binoda joylashgani, yo’nalish olish, eng yaqin dorixona qayerda joylashgani va shu kabilarni bilib olish mumkin.

2GIS oflayn spravochnigi internetga ulanmagan holda ishlaydi. Bugungi kunda ilovadan 9 mamlakatdagi 356 shahar foydalanadi.

Shu bilan birga, “Yandex” ham “Yandeks.Spravochnik” uchun O’zbekistonda operatorlarni va shaharni aylanib o’tib bazani yangilaydigan agentlarni topish maqsadida e’lon joylashtirdi.