OpenAI ChatGPT’da Live Dictation funksiyasini qo‘shdi. U foydalanuvchining nutqini real vaqt rejimida matnga aylantiradi. Bu haqda The Verge xabar berdi.
Avval ChatGPT ovozli so‘rovni faqat yozib olish tugagandan keyin transkripsiya qilardi. Endi esa foydalanuvchi gapirayotgan paytning o‘zida matn ekranda paydo bo‘ladi.
Uni ko‘rish uchun ovoz yozish oynasidagi to‘lqin belgisini bosish kifoya. Yozuv tugagach, transkripsiyani yuborishdan oldin matn maydonida tahrirlash ham mumkin.
Bundan tashqari, OpenAI bitta ovozli yozuv uchun mavjud bo‘lgan 10 daqiqalik cheklovni olib tashladi. Kompaniya diktant funksiyasining ishonchliligini ham oshirganini ta’kidlamoqda.
Live Dictation funksiyasi hozirda butun dunyo bo‘ylab ChatGPT’ning barcha tariflari foydalanuvchilari uchun taqdim etilmoqda. U veb-versiya, kompyuter uchun ilova, shuningdek, iOS va Android qurilmalarida ishlaydi.
ChatGPT’da ovozli yozuvlarni, jumladan, uchrashuvlar va audio qaydlarni transkripsiya qilish uchun mo‘ljallangan alohida yozib olish rejimi ham mavjud. Biroq, u beta-versiyada bo‘lib, faqat Plus, Pro, Business, Enterprise va Edu tariflarida ishlaydi.
Joriy yil boshida OpenAI ChatGPT’ning ovozli rejimini jonli muloqot uchun qayta ishlab chiqqan edi.
Oktabr oyida esa ChatGPT’ning ovozli rejimi yana oltita yangi tilni qo‘llab-quvvatlay boshlagani haqida Kod Durova xabar bergan.
Avvalroq Spot ChatGPT matn yoki surat asosida GIF yaratishni o‘rgangani haqida yozgandi.
Animatsiya tezligini o‘zgartirish, kadrlarni ko‘rish va tahrirlash, shuningdek, tayyor GIF’ni ulashish mumkin.