Joriy yilning yanvar-fevral oyida import hajmi 3,3 mlrd $ ga (o`sish sur`ati 30,3%) teng bo`ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari dalolat beradi.

Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (42,0%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (12,9%) hamda qora va rangli metallar (7,9%) guruhlari hisobiga to`g`ri keldi.

Joriy yilning yanvar-fevral oyida 90,5 mln $lik yengil avtomobillar import qilindi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan deyarli 4 barobar ko’pdir.

Ma’lumotlarga ko’ra, yuk avtomobillari va maxsus avtomobillar import hajmi ham ortib, 98,7 mln $ ni tashkil etdi.

Mashina va asbob-uskunalar asosan Xitoy (416,2 mln $), Koreya (333,1 mln $), Rossiya (122,9 mln $), Turkiya (101,8 mln $) va Hindistondan (69,4 mln $) import qilingan.